Baliqchilik asoslari
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
Markaziy nerv sistemasi. Baliqlarning markaziy nerv siste-
masi bosh miya va orqa miyadan tashkil topgan. Bosh miya. Baliqlar va umurtqali boshqa hayvonlar nerv naychasining oldingi qismi kalla qutisi suyaklari bilan himoya- langan, shakli o‘zgargan boshmiyadir. Umurtqali hayvonlar bosh miyasida beshta bo‘lim: oldingi miya, orqa miya, o‘rta miya, miyacha va uzunchoq miya farq qilinadi. Bosh miyaning hamma bo‘limlari baliqning hayot faoliyatida katta ahamiyatga ega. Masa- lan, miyacha hayvon harakatlarining koordinatsiyasini va muvo- zanatini boshqaradi. Uzunchoq miya asta-sekin orqa miyaga o‘tadi. U nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish va organizmning boshqa muhim funksiyalarining ishini boshqarib turadi. Orqa miya. Baliqlarning markaziy nerv sistemasi, xuddi lan- setnikniki kabi, naycha shaklida bo‘ladi. Uning orqa bo‘limi — orqa miya umurtqalarining ustki yoylaridan hosil bo‘lgan umurtqa kanalida joylashgan. Orqa miyadan har qaysi juft umurtqalar orasidan o‘ngga va chapga tana mushaklari hamda suzgich qa- notlarning ishini boshqaruvchi nervlar chiqadi. 5-rasm. Baliqning tana organlarida qon aylanish sistemasi (tartibi) va sxemasi (shakli). Gavda organlariga qon tashuvchi orqa aorta Jabra tomirlari Qorin aortasi Yuragi Qorin aortasi Yurak qorinchasi Yurak bo‘lmasi Venasi 33 Orqa miyaning ikki yonidan ichki organlarga, suyakchalarga, teri va mushaklarga nervlar chiqadi. Òananing turli qismidagi joylashgan sezgi hujayralaridan orqa miyaga har xil signallar kelib turadi. Bosh miya miya qutisi ichida joylashgan bo‘lib, baliq tanasining sezgi hujayralaridan nervlar orqali orqa miyaga ta’sirlanish haqidagi signallar keladi. Baliqning nerv sistemasi sxemasi 6-rasmda berilgan. Baliqlarning lichinka va chavoqlari, shuningdek, ayrim ba- liqlarning o‘zi ham, asosan, planktonlar bilan ovqatlanadi. Ular bu mikroskopik mayda yemishni g‘alvir kabi tuzilgan jabra yoy- laridagi panjaralari bilan suzib oladi, undagi ovqat bo‘laklarini yeb, chiqindilarni chiqarib tashlaydi. Boshqa barcha baliqlarning ovqat tarkibi esa ular katta bo‘lgan sari o‘zgarib boradi. Bundan tashqari, baliqlarni yeydigan ovqatlariga qarab yirt- qich va yuvosh baliqlarga bo‘lish mumkin. Yirtqich baliqlardan bo‘lmish akula, cho‘rtan, laqqa, piranya, arapayma, Nil ola- bug‘asi va boshqalar turli-tuman jonivorlar, jumladan, baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar, yirik umurtqasiz hayvonlar, umuman, qimirlagan jon bilan ovqatlanadi. Òo‘g‘ri kelib qolganda o‘zi- ning chavoqlari yoki ota-onalarini yeyishdan, hatto odamga hu- jum qilishdan ham tap tortmaydilar. Yuvosh baliqlarga seldlar va rapushka kabi planktonxo‘r; buqabaliq, oqcha, navaga kabi bentosxo‘r; kefal, tog‘ay-og‘iz kabi detritxo‘r; xumbosh, oq amur kabi o‘simlikxo‘r baliqlar 6-rasm. Baliqning nerv sistemasi. Bosh miya Orqa miya O‘rta miya Miyacha Oldingi miya Hid bilish nervi Uzunchoq miya Oraliq miya 34 kiradi. Sachratqich baliq esa hasharotxo‘rdir. Shuning bilan birga ko‘pgina baliqlar aralash ovqat yeydilar. Baliqlar yeydigan ovqat- ning tarkibi ular yashaydigan suv havzasi va yil fasllariga qarab, shuningdek, migratsiya va gidrologik hodisalar ham o‘zgaradi. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling