Baliqchilik asoslari
Suv haroratining baliqlarga ta’siri
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suv havzasidagi gaz rejimining baliqlarga ta’siri.
Suv haroratining baliqlarga ta’siri. Suvning harorati ba-
liqlarning o‘sish va rivojlanishiga ta’sir qilib qolmasdan, balki kasalliklarning paydo bo‘lishiga va kechishiga ham ta’sir ko‘rsa- tadi, ya’ni eng past harorat (0,1—0,2 °C) bilan birgalikda eng yuqorisi (30 °C dan yuqorisi) karp baliqlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, boshqa turdagi baliqlar uchun harorat u yoki bu tomonga o‘zgarishi mumkin. Har xil zotli baliqlarning rivojlanish davrlarida (uvuldiriq, lichinka, chavoq va h.k.) suv harorati ma’lum darajada bo‘lishi shart. Suvning past harorati baliqlarga salbiy ta’sir ko‘rsatib, pe- riferik qon tomirlarining qisilishiga, nafas olishning susayishiga, ozib ketishiga, modda almashinuvining buzilishi natijasida gli- koliz, keyinchalik esa autoliz jarayonining rivojlanishiga hamda asta-sekinlik bilan baliqlarning o‘limiga sabab bo‘ladi. Suv haroratining o‘zgarishi faqat baliqlarga ta’sir qilib qol- masdan, balki har xil parazitlarning rivojlanishini kuchaytirib, kasalliklarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 44 Suvning harorati qanchalik tez o‘zgarib tursa, har qaysi ri- vojlanish bosqichida baliqning harorati shunchalik kam o‘zga- radi. Baliq suv haroratining o‘zgarishiga o‘zining biologik hola- tiga qarab turlicha javob qaytaradi. Chunonchi, sulaymonbaliq- ning uvuldirig‘i 0 dan 12 °C gacha bo‘lgan issiq haroratda ri- vojlanishi mumkin. Ammo katta sulaymonbaliqlar manfiy ha- roratdan boshlab 23 °C va undan ortiq issiqda ham yashaydi. Zog‘orabaliq esa sovuqdan to 20 °C va undan ortiq issiq sha- roitgacha hayot kechiradi. Lekin +8, +10 °C dan pastroq haro- ratda ovqatlanadi, +15 °C dan past haroratda urchimaydi. Suv havzasidagi gaz rejimining baliqlarga ta’siri. Suv at- mosferadan azot, kislorod va karbonat angidrid olib, baliqlar- ning hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan zoogigiyenik muhit yaratadi hamda suvdagi gaz miqdorining oshib ketishi yoki kamayishi baliqlarning hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Vodorod sulfid va metan gazining mavjudligi esa suv havzasining anti- sanitariya holatda ekanligidan dalolat beradi, bunday suvlarda har xil kasalliklar xuruji kuchayib, baliqlarning ko‘plab o‘limiga sabab bo‘ladi. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling