Baliqchilik asoslari
Hovuzdagi suvning sifatini o‘rganish
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
Hovuzdagi suvning sifatini o‘rganish. Baliqlar ham barcha tirik
mavjudot kabi o‘sishi va rivojlanishi uchun imkon beruvchi tashqi muhitda yashaydi, ularning mahsuldorlik darajasi ham o‘sha mu- hitga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq. Shuning uchun baliqlar yashay- digan muhit — hovuzlardagi suvning sifatini o‘rganish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Ko‘llar, hovuzlar, suv omborlari, ariq, daryolar, artezian quduqlari suvining kimyoviy tarkibini o‘rganish baliqlarni urchitishga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini aniqlashga imkon beradi. Baliqlarning kislorodni ko‘p yoki oz iste’mol qilishi ham suvning haroratiga bog‘liq. Past haroratda kislorodga ehtiyoji kam, yuqori haroratda esa ko‘p bo‘ladi. Kislorodga boy sovuq suvlarda yashovchi baliqlarning nafas olish organlari sodda, kislorodi kam suvlarda yashovchilarniki esa murakkab tuzilgan. Binobarin, suvdagi kislorodning miqdori baliqlarning morfologik va fiziologik xu- susiyatlariga ham ta’sir etadi. 45 Gulmohi va oqbaliq kabi ko‘p kislorod talab qiluvchi so- vuqsevar baliqlar ham bor. Ular suv haroratining ko‘tarilishidan emas, balki harorat ko‘tarilishi natijasida suvda kislorod kamayib ketishidan normal nafas ololmay, bo‘g‘ilib halok bo‘ladi. Baliqlar suvning harorati ma’lum darajaga yetganda urchiydi va uvuldiriq tashlaydi. Aprelning o‘zgarishi ham suv haroratining fasllarga qarab va ko‘p yillar davomida o‘zgarishi bilan bog‘liq. Yana shuni ham aytish kerakki, baliqlar kabi sovuqqonli hay- vonlar bilan qushlar va sutemizuvchilar kabi issiqqonli hayvonlar o‘rtasidagi tafovut ular qancha issiqlik ajratib chiqarishidadir. Sovuqqonlilarda bu jarayon sekinroq, issiqqonlilarda esa tezroq boradi. Masalan, og‘irligi 105 grammli zog‘orabaliq bir sutkada 1 kilogramm hisobiga 10,2 kkal issiqlik ajratsa, 75 grammli chug‘urchiq 270 kkal issiqlik ajratib chiqaradi. Har bir tur baliqning haroratiga bo‘lgan ehtiyoji ma’lum doirada cheklangan, undan tashqarida baliq yashay olmaydi. Shu bilan birga mazkur turning hamma hayotiy jarayonlari juda yaxshi kechishini ta’minlovchi optimal, ya’ni maqbul harorat ham bo‘ladi. Bu harorat va yuqorida aytib o‘tilgan chegara haroratlari baliqlarda juda o‘zgarib turadi, shuningdek, ular har xil baliqlar uchun turlichadir. Masalan, tovonbaliq, erinchoqbaliq suv ha- roratining o‘nlab daraja o‘zgarishiga chidaydi, ayrim baliqlar esa sezilarli o‘zgarishga chidamsizdir. Baliqlar har xil haroratli suvlarda yashaydi. Òropik minta- qada yashovchi baliqlarning aksariyati +3 °C gacha bo‘lgan haro- ratga chidasa, qaynar buloqlarda yashovchi ba’zi baliqlar +45 °C haroratda ham yashashga moslashgan. Kaliforniya vodiysidagi qaynar buloqlarda yashovchi karp-tishli baliq esa hatto harorati +52 °C dan ham ortiq bo‘lgan suvda hayot kechiradi. Bunday baliqlar issiqsevar baliqlar deb ataladi. Shuning bilan birga treskasimonlar oilasiga mansub navaga, sayka kabi 2 °C sovuqda faol hayot kechiradigan va hatto ur- chiydigan, tovonbaliq, dalliya kabi — 0,2—0,3 °C sovuqda bal- chiqqa ko‘milgancha, muzlab yotadigan (tana shirasi muzla- masligi shart, aks holda halok bo‘ladi), qishlaydigan sovuqsevar 46 baliqlar ham bor. Bulardan tashqari, issiqsevar baliqlarga misol qilib laqqasimonlarni, karpsimon baliqlar oilasining ko‘pgina va- killarini keltirish mumkin. Shunday qilib, baliqlar suvning haroratiga bo‘lgan muno- sabatlariga qarab evritermli, ya’ni haroratning o‘zgarishiga chi- damli hamda stenotermli, ya’ni haroratning salgina o‘zgarishiga ham chiday olmaydigan baliqlar guruhlariga bo‘linadi. Evritermli baliqlarga olabug‘a, cho‘rtan kabilar, stenotermli baliqlarga qutb zonasi va tropik mintaqalarda tarqalgan baliqlar kiradi. Dengiz baliqlari chuchuk suv baliqlariga nisbatan suv haroratining o‘z- garishiga ancha chidamsiz. Suv havzalarida ba’zan yuz beradigan tabiiy ofatlar, chunonchi, kuchli dovullar va sovuq oqimlarning o‘zgarishi kabi hodisalar tufayli suvning harorati o‘zgarishi natijasida baliqlar ko‘plab ha- lok bo‘lib ketadi. Bu xil voqea fanda va baliqchilik amaliyotida ma’lum bo‘lib, mamlakatimizda ham tez-tez ro‘y berib turadi. O‘rta mintaqada yashaydigan issiqsevar baliqlar qishda so- vuqdan saqlanish uchun suv ostidagi kamarlarga to‘planadi, usti shilimshiq modda bilan qoplangan holda karaxt bo‘lib yotadi, bunday joylar baliq «o‘ra»lari deb ataladi. Bu ularning sovuqqa moslashishidagi ekologik xususiyatlaridir. Qishda ana shu holda karaxt bo‘lib yotadigan baliqlarga oqcha, zog‘orabaliq, torta, laqqa kabilarni ko‘rsatish mumkin. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling