Baliqchilik asoslari
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
Karplar Cyprinus carpio oilasiga mansub bo‘lib, uning asosiy
obyekti iliq suvli baliqchilik xo‘jaliklarida urchitiladigan asosiy zot hisoblanadi. Uning kishilar tomonidan madaniylashtirilgan zoti sazan (zog‘ora) baliq hisoblanadi. Respublikamizda, asosan, karplar oilasiga mansub bo‘lgan baliq zotlari yetishtiriladi. Karplar iliqsevar bo‘lib, chuchuk suv- larda yashaydi, tez o‘sadi, serpusht bo‘ladi. Hovuzlarda bosh- lang‘ich zanjir halqalarini egallaydi. Karp so‘zi yunonchadan olingan bo‘lib, serurug‘, ko‘p bola- lovchi degan ma’nolarni anglatadi. Karp balig‘i aholi iste’mol 50 qiladigan ommaviy baliq turi sifatida ko‘paytiriladi. Oziqlanishi, o‘sishi va ko‘payishi uchun eng qulay harorat 20—28 °C ni tashkil etadi. Karp yirik, tez o‘sadigan baliq hisoblanadi. U monokultura tarzida yoki oq do‘ngpeshana va oq amur bilan birgalikda yetishtiriladi. O‘zbekistonning barcha tekisliklaridagi suv hovuz- larida ushbu turning yovvoyi xili — sazan yashaydi. Mada- niylashtirilgan karp turi baliqchilik xo‘jaliklarida 1960-yillardan boshlab yetishtiriladi. Karpning respublikamiz baliqchilik xo‘jaliklaridagi to‘dalari madaniylashtirilgan mahalliy shakli ukrain va venger karplarning nasllaridan iboratdir. Hovuz xo‘jaliklarida o‘stiriladigan 2 yoshligidan keyin tirik vazni 400 g dan 1000 g ga yetadi. Karp turidagi baliqlar chuqur bo‘lmagan, oqmaydigan yoki sekin oqadigan, tagi yumshoq bo‘lgan, yaxshi isiydigan hovuzlarda urchitiladi. Nafas olishi uchun kislorodga bo‘lgan talabi kam, jadal o‘sishi uchun 6—7 mg/l, o‘rtacha o‘sishi uchun 3—3,5 mg/l bo‘lishi kerak. Hatto eng past 0,7 mg/l kislorodli suvda ham yashay oladi. Karp baliq- lari juda mahsuldorli, serurug‘, yoshi va tirik vazniga ko‘ra o‘rtacha 700000—800000 dan to 1,5 mln gacha uvuldiriq beradi. Erkak baliqlar urg‘ochi baliqlarga nisbatan bir yil oldin yetiladi, ya’ni jinsiy voyaga yetadi. Ko‘pincha may-iyun oylarida chuqur bo‘lmagan, oqmaydigan yoki juda sekin oqadigan, tubi sero‘t bo‘lgan hovuzlarda suvning harorati 17—19 °C bo‘lganda uvul- diriq ko‘payadi. Uvuldiriqning diametri 1,5 mm bo‘lib, yaltiroq rangni eslatadi. Ular o‘simliklarning barglariga yopishib turadi. 8-rasm. Karp (zog‘orabaliq). 51 Òuxumni ochib chiqishi suvning harorati 20 °C bo‘lganda molok (sperma) bilan otalangan uvuldiriqlardan 3 kunda lichin- kalar hosil bo‘lganda yuz beradi. Harorat 16 °C bo‘lganda 5 kunda ochib chiqqan lichinkalarning uzunligi 5—5,5 mm bo‘lib, to‘liq shakllanmagan bo‘ladi. Lichinka uvuldiriqni ochib chiqqandan so‘ng tashqi oziqa- lar bilan oziqlanmaydi. 1—2 kun harakat qilmasdan, tashqi muhitdan oziqlanmasdan sariq xaltadagi oziqa hisobiga o‘sim- liklarning bargiga osilib yashaydi. Rivojlanishi uchun qorin qismidagi suyuqlikni ishlatadi. Juda qisqa muddatdan so‘ng qorin qismidagi suyuqlikning ishla- tilishidan kelib chiqqan holda lichinkalar tashqi oziqalar bilan plankton organizmlar mikroskopik suv o‘tlari bilan oziqlanishni boshlaydi. Ikki-uch yoshda tanasining uzunligi 30—35 sm, dumi hisobda yo‘q. Ona baliqlar to‘dalarida 4—5 va undan katta yoshdagi baliqlardan foydalaniladi. Òana uzunligi balandligiga nisbatan qariyb 3 marta uzun. Eng kattalari 20 kg gacha, uzunligi 1,5 m, tanasi qalin, yirik tangachalar bilan qoplangan. Ikki juft mo‘y- lovi bor, tanasi tillarang. Karp baliqlari hamma narsalarni yeyaveradi (hayvonot va o‘simlik dunyosidan), haroratning pasayishi bilan oziqlanish darajasi kamayadi. Kech kuzda suvning harorati 1—2 °C bo‘l- ganda, suvning pastki qatlamiga joylashib, kam harakat qiladi va oziqlanmasdan qishni o‘tkazadi. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling