Baliqchilik asoslari


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

4.5. Harorat ta’siri
Harorat hayotning eng muhim ekologik omillaridan biri
hisoblanadi. Ayniqsa, tana harorati beqaror, ya’ni tashqi muhit-
ning haroratiga qarab o‘zgarib turadigan hayvonlardan bo‘lmish
baliqlar hayotida harorat katta ahamiyatga ega.
Baliqning tana harorati deyarli suvning haroratiga to‘g‘ri ke-
ladi, ba’zan undan 0,5—10 °C ortiqroq bo‘ladi. Shuningdek,
serharakatligi hamda tashqi muhitda sodir bo‘ladigan ayrim
kimyoviy va fizik hodisalar ta’siri natijasida ham baliqning tana
harorati biroz ko‘tarilishi mumkin. Masalan, tunes suzib yur-
ganida tana harorati suvnikidan hatto 10 °C gacha yuqori bo‘-
ladi. Lekin harakatdan to‘xtaganida harorati yana suvniki bilan
deyarli barobarlashib qoladi.
Xullas, baliqning tana harorati tashqi muhit bilan uzviy
bog‘liq. Bundan tashqari, baliqning modda almashinuvi, nafas


43
olishi, ovqat hazm qilishi, o‘sishi, urchishi, qishlashi, migra-
tsiyasi va boshqa hayot jarayonlarida ham suvning harorati katta
rol o‘ynaydi.
Baliq organizmida yuz beradigan ayrim jarayonlarni tekshi-
rish natijasiga qaraganda suvning harorati ko‘rsatilsa, baliqning
jinsiy bezlari va umuman, tanasining o‘sishi hamda rivojlanishi
tezlashadi, u ovqatni ham ko‘p yeydi, tezroq hazm qiladi, gaz
almashuvi kuchayadi. Suv haroratning o‘zgarishi ko‘p hollarda
baliqqa migratsiya qilish, urchish, qishlash zarurligidan xabar
beruvchi signal vazifasini o‘taydi, ya’ni qo‘zg‘atuvchi ta’sirot
hisoblanadi.
Keyingi vaqtda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,
baliqlar suv haroratining nihoyatda ozgina, hatto yuzdan bir
gradusga o‘zgarishini ham seza oladilar. Bu hodisa mo‘ljal olishda,
jumladan, migratsiya vaqtida katta ahamiyatga ega. Chunonchi,
uvuldiriq tashlash davrida sulaymonbaliqlar va losossimonlar,
treskasimonlar kabi baliqlarni ko‘rsatish mumkin.

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling