Baliqchilik asoslari


 Baliqlarning sezgi organlari


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

3.9. Baliqlarning sezgi organlari
Baliqlarning sezgi organlari ham suv muhitiga moslashgan.
Ularda ham baqa umurtqalilardagi kabi ko‘ruv, eshituv, hidlov,
tuyg‘u, ta’m bilish sezgilari bor. Baliqlarning eshituv organi fa-
qat ichki quloqdan iborat. U gidrostatik, ya’ni muvozanatni saq-
lash vazifasini bajaradi, eshitishda ishtirok etmaydi. Boshqa
jonivorlarga nisbatan baliqni «kar» va «soqov» deyish mumkin,
hatto «baliqdek gung» degan ibora ham bor. Ammo baliq o‘ziga
yarasha tovush chiqaradi. Umuman, tovushning baliq hayotida
ma’lum bir ahamiyati bor, shuning uchun ham u tovushni eshi-
tishi kerak. Bu vazifani baliqning havo pufakchalari bajaradi.
So‘nggi dalillarga qaraganda, ular turli xil tebranish to‘lqinlarini
yaxshi sezadi, ultratovush yordamida baliq tutish tajribasi ham
shunga asoslangan.
Baliqlarning ko‘zi muhitda ko‘rishga moslashgan bo‘lib, asosan,
quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarning ko‘zi singari
tuzilgan, ammo ayrim tafovutlari ham bor. Ularning ko‘zlari
boshining ikki yon tomoniga, ba’zan tepasiga joylashgan bo‘ladi.
Ko‘pgina baliqlarning ko‘zi yirik, chuvoqlariniki kattalarinikidan
ham yirikroq. Faqat akulalarning ko‘zida qovoq bor, xolos,
boshqalarida yo‘q.
Sezgi organlari. Baliqlarning atrof-muhitni yaxshi bilib olishida
ko‘z muhim rol o‘ynaydi. Zog‘orabaliq faqat nisbatan yaqin
masofani ko‘radi. U narsalarning shakli va rangini farq qiladi.
Zog‘orabaliq har qaysi ko‘zining oldida sezgi hujayralari bo‘lgan
ko‘r haltaga olib boradigan ikkitadan burun teshiklari bor. Bu hid
bilish organidir.
Eshitish organlari tashqaridan ko‘rinmaydi, ular kalla suya-
gining orqa qismidagi suyaklardan o‘ngda va chapda joylashgan.
Suvning zichligi tufayli tovush to‘lqinlari kalla suyaklar orqali


35
yaxshi o‘tadi va baliqning eshitish organi orqali qabul qilinadi.
Baliq qirg‘oq bo‘ylab ketayotgan odamning oyoq tovushini,
qo‘ng‘iroq, o‘q tovushini eshita olishi tajribalardan ma’lum.

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling