Baliqchilik asoslari


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

Qo‘zg‘atuvchisi. Argulus foliaceus katta hajmdagi qisqichbaqa
bo‘lib 6—7 mm, A.japonicum esa 4—8 mm. Òanasi ovalsimon-
yumaloq shaklda, bir-biriga qo‘shilib ketgan bosh-ko‘krak va
mayda qorin qismlardan iborat. Bel qismi qalqon bilan qoplangan.
Ko‘zi bor, so‘ruvchi xartumcha hamda 4 juft suzuvchi oyoqlar-
dan iborat. Ikkala qisqichbaqalar bir-biridan dum suzgichlari-
ning kattaligi va shakli bilan farq qiladi.
Qo‘zg‘atuvchining biologik rivojlanishi. Urg‘ochi qisqichba-
qalar suvosti toshchalarda, gidroqurilmalar ichida tuxumi bor
ikra qo‘yadi. Ikralar substratlarga, qattiq narsalarga yopishadi.
Har bir qo‘yilgan ikrada 250—300 ta tuxum mavjud. Suvning
haroratiga bog‘liq holda 3—5 haftadan so‘ng tuxumda lichinka
hosil bo‘ladi. Uzun orqa antennasi va shakllanmagan so‘ruvchilari
bilan tuxumdan chiqqan lichinkalar suvda 2—3 kun davomida


217
erkin suzib yuradi. Agarda shu muddat ichida lichinkalar ba-
liqlar terisiga yopishib ololmasa, nobud bo‘ladi. Lichinkalar
baliqlarning terisida tez rivojlanib, murakkab metamorfozni
boshidan o‘tkazadi va 2—3 haftadan so‘ng jinsiy voyaga yetadi.
Yozda ular 3 ta yangi avlodlarni berishi mumkin.
Epizootologik ma’lumotlar. Arguluslar issiqsevar qisqich-
baqalar hisoblanadi. Ular barcha yoshdagi baliqlarda parazitlik
qiladi, shu yilgi zog‘orabaliq, kulmoy, oq va qora amur, buffalo,
sazan, sudak, leshch turlaridagi baliqlar ancha sezgir bo‘ladi.
Katta yoshdagi baliqlar esa parazit tashuvchi bo‘lib xizmat qi-
ladi. Òabiatda arguluslarning rezerventlari, yovvoyi baliqlar:
olabug‘a, 3 ignali kolyushka, tovonbaliq, yorshlar bo‘lishi mum-
kin. Baliqlarning maksimal zararlanishi yozda — iyul-avgust oy-
larida kuzatiladi, kuz va qishga kelib zararlanish pasayadi. Qis-
qichbaqalar qishda baliqlarning tanasida qishlab, bahorga kelib
invaziyaning tarqalish manbayi bo‘lib qoladi. Qisqichbaqalar-
ning lichinkali bosqichlari suv oqimi bilan boshqa sog‘lom suv
havzalariga borib baliqlarni zararlantirishi mumkin.

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling