Baliqchilik asoslari


Kasallikning klinik belgilari va patogenezi


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

Kasallikning klinik belgilari va patogenezi. Baliq tanasida
joylashib olgan arguluslar xartumi yordamida baliq terisini teshib
qon so‘radi. Parazit yopishgan joyda shishlar hosil bo‘ladi, qon
quyiladi, teri jarohatlanib, yarachalar hosil bo‘ladi. Baliqlar be-
zovtalanadi, oziqani xohlamay qabul qiladi, o‘sishdan qoladi,
suv o‘simliklari orasida yashirinadi, suv o‘simliklariga terisini
ishqalaydi, kuchli intensiv zararlangan baliqlar nobud bo‘ladi.
Zararlangan baliqlarning jabrasi qonsizlangan, tanasi yarachalar
bilan qoplangan, shishgan bo‘ladi, nekroz rivojlanadi. Qisqich-
baqalar baliq terisining epidermis qatlamini, haqiqiy teri va hat-
toki mushak qatlamini jarohatlaydi. Bularning barchasi yallig‘-
lanish jarayonining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Qisqichbaqa
bezining zaharli sekreti uning xartumi orqali yaraga tushishi
oqibatida toksikoz (zaharlanish)ni keltirib chiqaradi. Bulardan
tashqari, arguluslar baliq kasallik qo‘zg‘atuvchilarini tashuvchilari
ham bo‘lishi mumkin (oq amur baliqlarining skrabillanoz va turli
xil qon parazitar kasalliklari).


218
Òashxis. Kasallikning klinik belgilari va arguluslarni baliq te-
risida topish asosida qo‘yiladi. Òopilgan arguluslar probirkada
yig‘ib olinib, qaysi turlarga mansubligi aniqlanadi.
Kasallikning oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari. Ka-
sallikning oldini olish kasal baliqlarning sog‘lom baliqlar bilan
kontaktda (aloqada) bo‘lishining oldini olishga qaratilishi
kerak.
O‘stiruvchi va yayrovchi suv havzalariga turli yoshdagi
baliqlarning qo‘shilib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, kasal baliqlar va
qisqichbaqa lichinkalarining hovuzdan hovuzlarga o‘tib ketishi-
ning oldini olish maqsadida suv kelib qo‘shiluvchi kanallarda
baliq ushlovchi va qum-graviyli filtrlarni o‘rnatish zarur. Òuxumlar
to‘pini yo‘qotish maqsadida hovuz ostidagi loyqalarni quritish va
dezinfeksiya qilish, qishda esa hovuzlarni suvsiz qoldirish maq-
sadga muvofiqdir. Gidroqurilmalarni bahorda dezinfeksiya qilib
xlorli ohak bilan oqlab chiqish, suv havzalaridagi qattiq o‘sim-
liklarni yig‘ib olish lozim. Baliqlarni arguluslardan qutqarish
uchun nosog‘lom hovuzlarni xlorofos bilan ishlovdan o‘tkazish
yaxshi samara beradi. Bunda xlorofosning suvdagi konsentra-
tsiyasini 100 mg/gacha yetkazish kerak. Baliq va suvda zog‘o-
rabaliqlarni iste’mol qiluvchi yovvoyi baliqlar miqdorini kamay-
tirish maqsadida suv havzalarining yuza qatlamiga so‘ndirilma-
gan ohakni 100—150 kg bir gektar hisobiga sepib chiqish.
Bunda hovuzlar iyul-avgust oylarida 2 marta 2 hafta oralig‘ida
ohaklanadi. Karbofos qo‘llanilishi mumkin. Preparat zog‘ora-
baliq, sazan, oq amur, ola peshanado‘ng turdagi baliqlarning
chavoq va bir yoshdagilariga ishlov berishda qo‘llaniladi. Kar-
bofosning 0,1 mg/l dozasi yosh va katta qisqichbaqalarni o‘ldi-
rish qobiliyatiga ega. Zararlangan baliqlarga 0,001% li margan-
sovka bilan vanna usuli qo‘llanilishi mumkin. Bunda baliqlar
30 daqiqa davomida ekspozitsiya qilinadi. Agarda eritma 0,5% li
bo‘lsa, ekspozitsiya 8 daqiqani tashkil qilishi kerak.

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling