227
Profilaktikasi. Barcha baliqchilik xo‘jaliklari
va tabiiy suv
havzalarida kompleks baliqchilik-meliorativ tadbirlar o‘tkaziladi.
Bunda suvning haddan tashqari «gullab» ketishiga yo‘l qo‘ymas-
lik, birinchi navbatda, ko‘k-yashil o‘tlarning oldini olish zarur.
Veterinariya-sanitariya tadbirlari hovuzlar va ichki suv havzalarida
optimal zoogigiyenik sharoitlarni ta’minlashga qaratilishi lozim.
Baliqchilik suv havzalarida azot va fosfor o‘g‘itlarining nor-
malari va tarkibini qat’iy ravishda nazorat qilish shart. Òabiiy suv
havzalarida, ayniqsa, o‘g‘it va boshqa kimyoviy preparatlar qo‘l-
laniladigan mintaqadagi suv havzalarida ko‘k-yashil o‘tlarning
o‘ta tezlik bilan rivojlanishiga qulay sharoit yaratib beruvchi
biogen elementlarning dastlabki (me’yoriy-fon) ko‘rsatkichi
miqdorini nazorat qilish lozim.
Gaff kasalligiga gumon qilingan va o‘lgan
baliq kuzatilsa,
dastlab kasallikka moyil hayvonlarga bioproba qo‘yish yo‘li bilan
baliq organizmida zaharli moddalar soni aniqlanadi, to sababi
aniqlangunicha baliqlarni ovlash man etiladi, ovlangan baliqlarni
esa savdoga va umumiy ovqatlanish tarmoqlariga chiqarmaslik
choralari ko‘riladi.
Gaff kasalligining paydo bo‘lishi yoki kasallikning manbayi
paydo bo‘lganligi to‘g‘risida veterinariya va baliqchilik xo‘jaliklar-
dagi tegishli mutaxassislar, tibbiyot-sanitariya xizmati xodimla-
riga xabar beriladi, aholi orasida esa targ‘ibot ishlari olib boriladi.
14.3. Baliqlarning yuqumsiz kasalliklari
Gipovitaminozlar — bu bir guruh kasalliklar bo‘lib, turli xil
fiziologik holatning izdan chiqishi va patologoanatomik o‘zga-
rishlar bilan xarakterlanib, organizmda turli xil vitaminlarning
yetishmasligi oqibatida kelib chiqadi. Bunda turli xil vitaminlar-
ning organizmga oziqa orqali yetarli miqdorda kelib tushmasligi
yoki organizmda yetarli miqdorda sintez bo‘laolmasligi oqibatida
yuzaga keladi. Vitaminlarning yetishmasligi ko‘proq sun’iy suv
havzalarida o‘stirilayotgan, urchitilayotgan baliqlar orasida ko‘p-
roq uchraydi, boisi ularning ratsionlarida tabiiy oziqalar umuman
yo‘q yoki yetarli miqdorda bo‘lmaydi.