Baliqchilik asoslari
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gipovitaminoz A
- Gipovitaminoz A va B
- B guruhidagi
Klinik belgilari. Ko‘pchilik gipovitaminoz kasalliklarida
ayrim klinik belgilar umumiydir: jumladan, ishtahaning yo‘qo- lishi, holsizlanish, kam harakatlanish yoki kislorodga bo‘lgan ehtiyojning ortishi, o‘sish-rivojlanishdan orqada qolish, turli yuqumli kasalliklarga beriluvchanlikning oshishi va baliqlarning ommaviy ravishda nobud bo‘lishi. Masalan, karp turidagi baliqlarda ayrim zamburug‘lar tomonidan sodir etiladigan kasalliklarning ko‘proq uchrashi, qishda ushbu turdagi baliqlarda uyquga ketish (avitaminoz) yoki krasnuxa kasalligining ko‘proq uchrashi kuzatiladi. Har bir gipovitaminoz kasalligi o‘ziga xos klinik belgilar bilan kechadi. Gipovitaminoz A kasalligida (retinolning yo‘qligi yoki yetish- masligi natijasida) baliqlarda yuqorida ko‘rsatilgan belgilardan tashqari, ko‘z shox pardasining xiralashuvi, ko‘z to‘qimasida qon quyilish, ekzoftalmiya, suyak to‘qimasining noto‘g‘ri o‘sishi, shakllanishi, jabra qanotlarining shaklsizlanishi, teri pigmenti- ning yo‘qolishi va teri qatlamining o‘zgarishi, jigar va taloqning izdan chiqishi va nobud bo‘lish bilan xarakterlanadi. Qorin bo‘shlig‘ida ekssudat yig‘iladi va ko‘zini parda qoplaydi. Vitamin B yetishmasligida esa qonda leykotsit va yosh erit- rotsitlarning ko‘payishi, jabra qopqoqchasining o‘smay qolishi, organizmda kalsiy, magniy va temir moddasining yetishmasligi kuzatiladi. Ushbu gipovitaminozda baliqning tana og‘irligi va organizmdagi modda almashinuvi jarayoni juda sekinlik bilan tiklanadi. Gipovitaminoz A va B larning aralash shaklida organizmda gemoglobin miqdori, eritrotsit soni kamayadi, monotsit va po- limorf o‘zakli agranulotsitlar soni ko‘payadi, jigarda deformatsiya va yog‘ning to‘planishi kuzatiladi, oqsil tarkibida ko‘pgina amino- kislotalarning miqdori kamayib, ularning nisbatlari o‘zgaradi. B guruhidagi vitaminlar yetishmasligi oqibatida turli xil ko‘rinishdagi nerv sistemasining buzilishi, ovqat yemaslik ho- latlari kuzatiladi. Vitamin B 1 yetishmasligi oqibatida (tiamin) muvozanat buziladi, tananing rangi-tusi qorayadi, baliqlar ov- qat yemay qo‘yadi, suv to‘planadi, paralich kuzatiladi, baliqlar 229 uchun zaharli to‘yinmagan yog‘ kislotalarining perekislari yi- g‘iladi, o‘sishdan qoladi, mushaklar zararlanadi, orqa va ko‘krak suzgichlari izdan chiqadi va baliqlarning nobud bo‘lishi bilan yakunlanadi. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling