Baliqchilik asoslari


Patologoanatomik o‘zgarishlar


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

Patologoanatomik o‘zgarishlar. Kasallikning o‘tkir oqimining
boshida suzgich pufagining devori tiniqsiz va har joyi qalinlashgan,
qon tomirlari qon bilan to‘lgan, ularning yo‘nalishiga nuqtasimon,
dog‘simon qon quyilgan bo‘ladi. Suzgich pufagi oldingi kamera-
sining ichki va tashqi pardalari orasida serozli (zardobli) ekssu-
datning to‘planishi oqibatida yopishgan, qo‘shilgan bo‘ladi.


224
Patologik jarayonning rivojlanishi oqibatida parenximatoz
organlardagi o‘zgarishlar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Suzgich pu-
fagining har ikkala kamerasi zardobli-gemorragik yallig‘langan
holatda, uning devori diffuzli qalinlashgan, serozli fibrinoz eks-
sudat bilan to‘lgan, keng hajmdagi dog‘simon qon quyilgan.
Ikkilamchi, yiringli infeksiyaning rivojlanishi oqibatida serrozli-
gemorragik yallig‘lanish yiringli yallig‘lanishga o‘tadi. Bunda suz-
gich pufagining ichida ekssudat yig‘iladi yoki uning devori yiringli-
nekrotik holatda bo‘ladi, qorin devori yallig‘lanadi. Ko‘pincha
suzgich pufagining orqa bo‘lagi atrofida bo‘shliq zardobli-yiringli
ekssudat bilan to‘lgan bo‘ladi. Òaloq 1—2 marta kattalashgan,
bo‘shashgan, shakli o‘zgargan, qoramtir-qizil tusda. Buyrak qon
bilan to‘lgan, shishgan, yumshoq, ba’zan esa buyrak va taloqning
kapsulasi ostida ko‘kimtir-oq tugunaklar mavjud. Jigar oqargan,
bo‘shashgan bo‘ladi.
Kasallikning yarim o‘tkir oqimida esa suzgich pufagida zar-
dobli yoki zardobli-gemorragik yallig‘lanish kuzatiladi, morfo-
logik xususiyati jihatidan o‘tkir oqimdagi o‘zgarishdan farq
qilmaydi. Qariyb 10% o‘lgan baliqlarda taloqning kattalashuvi va
buyrakning qon bilan to‘lganligi kuzatiladi.
Agarda kasallik surunkali oqimda kechsa, suzgich pufagi (shu
yilgilarda) zardobli shishgan bo‘ladi. Ichki va tashqi pardalarning
orasida tiniq yoki biroz notiniq ekssudat yig‘iladi, keyinchalik esa
biroz qotib sarg‘ish tusga kiradi.
Prognoz. Kasallikning yakuni patologik jarayonning rivojla-
nish darajasiga bog‘liq. Agar jarayon zardobli yallig‘lanish bilan
chegaralangan bo‘lsa, asoratlarsiz kechib, kasallik sog‘ayish bilan
yakunlanadi, qon quyilgan joyda gemolin pigmenti to‘planib
qolsa, yallig‘lanish o‘rnini chandiq egallaydi.

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling