Baliqchilik asoslari


Suzgich pufagining yallig‘lanishi yoki aerotsistit


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

Suzgich pufagining yallig‘lanishi yoki aerotsistit — bu chuchuk
suvdagi baliqlarning yuqumli kasalligi bo‘lib, kasallik suzgich
pufagi yallig‘lanishining o‘ziga xosligi va parenximatoz organlarida
chuqur patologik jarayonlarning kechishi bilan xarakterlanadi.
Bu kasallik baliqlarning ommaviy kasalligi sifatida 1962-yilda
ma’lum bo‘ldi va G‘arbiy va Sharqiy Yevropa davlatlarida (Avstriya,
Vengriya, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Germaniya) va Rossiyada
qayd etilgan. Kasallik sun’iy suv havzalarida baliq yetishtira-
yotgan baliqchilik xo‘jaliklariga katta iqtisodiy zarar yetkazadi.
Bir yoshgacha bo‘lgan kasal baliqlarning o‘limi 39—40 % ga,
ba’zan esa 90% gacha (ko‘pincha qish oylarida) yetadi. Òovarlik
baliqlarning esa 50 % i nobud bo‘ladi. Bundan tashqari, kasal
baliqlarning tana og‘irligi keskin pasayadi, iste’molga yaroqsizligi
tufayli brak qilinadi.
Etiologiyasi. Kasallikning etiologiyasi hanuzgacha aniq emas.
Bir qancha fikr-mulohaza, teoriyalar mavjud. Ayrim mualliflar-
ning bildirishicha, kasallikning kelib chiqish sababi ularni to‘-
yimsiz oziqalar bilan boqishi, karp turidagi baliqlar o‘stirish
biotexnologiyasining buzilishi va bakterial mikrofloraning turli-
tumanligidandir.
Nemis tadqiqotchilari (R.A. Bachman, W.Ahne) karp turidagi
kasal baliqlarning suzgich pufagi va bosh miyasidan (o‘tkir
oqimida) virusni ajratib olganliklari to‘g‘risida ma’lumot bera-
dilar. Biroq tajribada tabiiy ravishda suzgich pufagining yal-
lig‘lanishida kuzatiladigan manzara qayd etilmagan. Shuning uchun
ham bu kasallikni virus tabiatli kasalliklar qatoriga kiritish mum-
kin emas. Lekin bir vaqtning o‘zida epizootologik tajribalarda
uning (VPP) yuqumli kasallik ekanligi isbotlangan. Chunki bu
kasallik baliqlarni tashish, ko‘chirish jarayonida, sog‘lom baliq-
larning kasallikka nosog‘lom bo‘lgan suv hovuzlarida yoki sog‘lom
baliqlar kasallari bilan birgalikda saqlanganida, shuningdek, no-
sog‘lom suv havzalarining suvlari orqali o‘tishi aniqlangan.


222

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling