Baliqchilik asoslari
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
NAZORAT SAVOLLARI
? 120 X bob. ONA BALIQLAR ÒO‘DASINI SHAKLLANÒIRISH VA BALIQLARNI KO‘PAYÒIRISH 10.1. Baliqlarning reproduktiv biologiyasi Baliqlarni yetishtirishda yosh baliqlarni parvarishlash alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda ularni ko‘paytirishning o‘ziga xos xususiyatlarini bilish kerak. Har qanday mavjudot ham urug‘lan- gan jinsiy hujayralarda rivoj topadi. O‘sish deganda organizmning faol qismlarida vaznining ortishi tushuniladi. O‘sish murakkab organizmni tashkil qiluvchi hu- jayralarning va hujayralararo to‘qimalarning hosil bo‘lishi va kattalashuvi hisobiga sodir bo‘luvchi jarayondir. Organizm to- monidan namlikning ortiqcha shimilishidan shishishi, jinsiy to‘qimalarning to‘planishi, modda almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan chiqindi mahsulotlarning (siydik, tezak) to‘planishi o‘sishga kirmaydi. Organizmda to‘plangan ortiqcha yog‘ o‘sishga kiradi, chunki bu yog‘ o‘sish jarayonidagi modda almashinuvida to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etadi. Hayvonlar, jumladan, baliqlar organizmida rivojlanish ikki bosqichda: embrion (zigota hosil bo‘lgandan lichinkaning ho- sil bo‘lishigacha) davrda va lichinka hosil bo‘lganidan boshlab barcha bosqichlardan o‘tib ulg‘aygancha bo‘lgan davrda sodir bo‘ladi. Baliqlar hayotining embrionlik davri ikraning otalanishidan boshlanib 2—7 kun davom etadi va bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Bu davrning qancha vaqt davom etishi suvning haroratiga bog‘liq. Ikra otalanganidan keyin murtakcha (zarodish) halqasining parchalanishi hisobiga hujayralarning ko‘payishi so- dir bo‘ladi va bu bosqich morula deb ataladi. Undan keyin 121 hujayraning ikkitadan qatlami hosil bo‘ladi. Bu bosqich blastula deb atalib, 12—16 soat davom etadi. Ikkinchi kunning boshla- rida tuxum sarig‘i atrofidagi hujayralar son jihatidan tez ko‘- payadi, natijada murtak uchun joy hozirlanadi. Bu bosqichlar pastula deb ataladi. Embrion rivojlanishining navbatdagi organo- genez deb ataluvchi yakunlovchi bosqichida embrionning to‘- qima va a’zolarini hosil qiluvchi murtak qatlamchalari hosil bo‘- ladi. Bu jarayon chamasi bir kunlar davom etadi. Ushbu hodisalardan keyin 3—4 kun ichida embrionning aniq seziladigan pigmentlangan ko‘zlari, bosh miyasi, qon tizimi, suzgichlarining birlamchi o‘simtalari hosil bo‘ladi va ikradan ochilib chiqadi. Shundan keyin baliqlarning embrion- dan keyingi davri boshlanadi. Uning dastlabki bosqichi lichinka davri deb atalib, bu davr ham o‘sishining jadal yoki sust ke- chishi bilan bir-biridan farq qiluvchi to‘rtta biologik siklni o‘z ichiga oladi. Agarda suv harorati pasayib ketsa, uvuldiriqlarning rivojlanishi susayib, lichinkalarning chiqishi kechikadi. Suv harorati 4—6 °C gacha pasayganda ikralarning sezilarli qismi, ba’zan 80 foizi- gacha o‘lib qoladi. Zog‘orabaliqlarning ikralari, ayniqsa, haro- ratning keskin o‘zgarishiga o‘ta sezuvchan. Masalan, may oyida kunduzlari hovuzlarning sayoz joylarida suv harorati 18—20 °C gacha iliydi, kechalari, tong paytida suv harorati 5—60 °C gacha tushib ketadi. Bunday holat ba’zan uvuldiriqlarning nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun hovuzlar eng yuqori nuqtasigacha suv bilan to‘ldirilishi kerak. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling