Baliqchilik asoslari
Patologoanatomik o‘zgarishlar
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
Patologoanatomik o‘zgarishlar. Kasallikning o‘tkir oqimining
boshida suzgich pufagining devori tiniqsiz va har joyi qalinlashgan, qon tomirlari qon bilan to‘lgan, ularning yo‘nalishiga nuqtasimon, dog‘simon qon quyilgan bo‘ladi. Suzgich pufagi oldingi kamera- sining ichki va tashqi pardalari orasida serozli (zardobli) ekssu- datning to‘planishi oqibatida yopishgan, qo‘shilgan bo‘ladi. 224 Patologik jarayonning rivojlanishi oqibatida parenximatoz organlardagi o‘zgarishlar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Suzgich pu- fagining har ikkala kamerasi zardobli-gemorragik yallig‘langan holatda, uning devori diffuzli qalinlashgan, serozli fibrinoz eks- sudat bilan to‘lgan, keng hajmdagi dog‘simon qon quyilgan. Ikkilamchi, yiringli infeksiyaning rivojlanishi oqibatida serrozli- gemorragik yallig‘lanish yiringli yallig‘lanishga o‘tadi. Bunda suz- gich pufagining ichida ekssudat yig‘iladi yoki uning devori yiringli- nekrotik holatda bo‘ladi, qorin devori yallig‘lanadi. Ko‘pincha suzgich pufagining orqa bo‘lagi atrofida bo‘shliq zardobli-yiringli ekssudat bilan to‘lgan bo‘ladi. Òaloq 1—2 marta kattalashgan, bo‘shashgan, shakli o‘zgargan, qoramtir-qizil tusda. Buyrak qon bilan to‘lgan, shishgan, yumshoq, ba’zan esa buyrak va taloqning kapsulasi ostida ko‘kimtir-oq tugunaklar mavjud. Jigar oqargan, bo‘shashgan bo‘ladi. Kasallikning yarim o‘tkir oqimida esa suzgich pufagida zar- dobli yoki zardobli-gemorragik yallig‘lanish kuzatiladi, morfo- logik xususiyati jihatidan o‘tkir oqimdagi o‘zgarishdan farq qilmaydi. Qariyb 10% o‘lgan baliqlarda taloqning kattalashuvi va buyrakning qon bilan to‘lganligi kuzatiladi. Agarda kasallik surunkali oqimda kechsa, suzgich pufagi (shu yilgilarda) zardobli shishgan bo‘ladi. Ichki va tashqi pardalarning orasida tiniq yoki biroz notiniq ekssudat yig‘iladi, keyinchalik esa biroz qotib sarg‘ish tusga kiradi. Prognoz. Kasallikning yakuni patologik jarayonning rivojla- nish darajasiga bog‘liq. Agar jarayon zardobli yallig‘lanish bilan chegaralangan bo‘lsa, asoratlarsiz kechib, kasallik sog‘ayish bilan yakunlanadi, qon quyilgan joyda gemolin pigmenti to‘planib qolsa, yallig‘lanish o‘rnini chandiq egallaydi. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling