Baliqchilik asoslari
Jigarning lipoidli distrofiyasi
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klinik belgilar.
Jigarning lipoidli distrofiyasi modda almashinuvining bu-
zilishi oqibatida kelib chiqib, jigar hujayralarining distrofiyasi va zararlangan to‘qimalarda seroid pigmentining to‘planib qolishi bilan xarakterlanadi. Etiologiyasi. Kasallik yilning issiq davrida, ratsionida yuqori oqsil saqlanuvchi oziqalar, jumladan, baliq va go‘shtdan iborat oziqalar ko‘p iste’mol qilinganida kelib chiqadi. Kasallik ba’zan buzilgan yoki ko‘p muddat davomida saqlangan baliqlarni, go‘sht-suyak uni iste’mol qilganlarida yuz beradi hamda vi- taminlari kam yog‘li oziqalarni qabul qilganlarida kelib chiqadi. Kasallikning kelib chiqishida infeksiyalar, toksinozlar, modda 233 almashinuvining buzilishi va baliqlarning zich saqlanganligi muhim o‘rin egallaydi. Klinik belgilar. Kasallik gulmohi va karp hamda boshqa tur- dagi baliqlarda uchraydi, yog‘ almashuvining buzilishi nati- jasida kelib chiqadi. Sog‘lom jigarda yog‘ bo‘lmaydi, kasallarida esa uning ko‘p miqdorda to‘planishi kuzatiladi. Jigarning hu- jayralarida ko‘p miqdorda seroid — yog‘ kislotasining o‘z-o‘zidan parchalanishining mahsuloti yig‘ilib, uning distrofiyasi va nek- roziga olib keladi. Kasallik o‘tkir va surunkali oqimlarda kechadi. Kasallikning o‘tkir oqimida gulmohilarning xulqida o‘zga- rish paydo bo‘lib, tana rangi o‘zgaradi. Qisqa muddat ichida kasal baliqlar qoramtir yoki umuman qora tusga kiradi, ba’zan qorin bo‘shlig‘ida suv to‘planib, ko‘zlarini oq parda o‘raydi. Baliqlar oziqa qabul qilmaydi, harakat koordinatsiyasi buziladi, suvi kam bo‘lgan qirg‘oqlarda to‘planishadi va ommaviy ravishda nobud bo‘ladi. Katta yoshdagi baliqlar yoshlariga nisbatan ancha chidamsizdir. Kasallikning surunkali oqimida baliqlarning xulqida, harakat koordinatsiyasida yaqqol ko‘zga ko‘rinarli belgilar kuzatilma- sa-da, ba’zan ishtahasi yo‘qoladi, qorinda suv to‘planishi va ko‘z chaqchayishi kuzatiladi. Jabraning kuchli anemiyasi ro‘y beradi. Baliqlarning o‘limi ommaviy xarakterga ega bo‘lmasa ham bitta- yarimta o‘lim holatlari uchraydi. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling