Baliqchilik asoslari
Ichki organlarning distrofiyasi
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiologiyasi.
- Klinik belgilari.
- Patanatomik o‘zgarishlari.
- Profilaktikasi.
Ichki organlarning distrofiyasi — bu oq amur turidagi ba-
liqlarning alimentar kasalligi bo‘lib, uni ba’zan «modda alma- shinuvining buzilishi» ham deyiladi. Ichki organlarning distro- fiyasi bilan xarakterlanadi. 1965-yilda O‘zbekiston va Qozog‘is- tondagi xo‘jaliklarda birinchi marotaba qayd etilgan. Etiologiyasi. Kasallikning kelib chiqish sababi baliqlar uchun xos bo‘lmagan sun’iy oziqalar bilan oziqlantirishdan kelib chi- qadi. Yuqorida aytilgan xo‘jaliklarda oq amurlarni oziqlanti- rishda tabiiy oziqa — suv o‘simliklarining yo‘qligi hamda karp turidagi baliqlar uchun mo‘ljallangan kombikorm bilan oziq- lantirish natijasida kelib chiqqan. Klinik belgilari. Asosan, katta yoshdagi baliqlar kasallanadi. Kasallikning belgilari hamma vaqt ham yaqqol namoyon 232 bo‘lmaydi. Ayrim baliqlarda ularning qorin bo‘shlig‘ida suv to‘p- lanishi, ko‘zining oq parda bilan qoplanishi, tana tangachala- rining quruqlanib ko‘tarilib qolishi va nobud bo‘lishi bilan xa- rakterlanadi. Patanatomik o‘zgarishlari. Kasal yoki o‘lgan baliqlar yorib ko‘rilganda ichki organlarida yog‘ning haddan tashqari ko‘p to‘planishi, uning rangi qizg‘ish, qorin bo‘shlig‘ida 0,5 l sarg‘ish suv to‘planishi, ayrim baliqlarda esa tiniq qo‘yilib qisqaruv massaning borligi kuzatiladi. Jigar oq tus bo‘lib, ba’zan sarg‘ish dog‘lar bo‘ladi. Òaloqning hajmi kattalashgan bo‘lib, qon bilan to‘ladi. Kasal baliqlarning ichki organlari gistologik tekshiruvdan o‘tkazilganida jigarning parenximatoz hujayrasida nekroz, taloqda serroid granulasining to‘planganligi, buyrakda ham shunga o‘xshash buyrak kanalchasining serroidli distrofiyasi kuzatiladi. Òashxis kasal baliqlarni yorib, ichki organlarda to‘plangan yog‘ va baliqlarning ratsionini tahlil qilish asosida qo‘yiladi. Profilaktikasi. Hovuzlarda oq amur baliqlarini o‘stirish me’yorini bilish lozim, shuningdek, ularning zichligini ham tartibga solish, suv havzalaridagi tabiiy oziqa manbayini (suv o‘simliklarini) inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Agarda ta- biiy oziqalar yetishmasa, yangi o‘rilgan o‘tloq o‘simliklari berib oq amurlarning majburiy sun’iy oziqaga o‘tishining oldini olish mumkin. Baliqlar uchun, ayniqsa, kunjara va shrotlarni bermas- lik lozim, boisi ularning tarkibida zaharli modda gossipol mavjud. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling