234
Òashxis. Oziqalarni tahlil qilish, klinik belgilari va patanatomik
o‘zgarishlar hamda gistologik tekshirishlar asosida qo‘yiladi.
Davolash va oldini olish tadbirlari. Oziqlantirish rejimiga rioya
qilish, mavjud me’yorlarga asoslanib va sifatli oziqalardan foy-
dalangan holda oziqlantirib borish. Kasallik kelib chiqqan taqdirda
baliqlarning ratsionida qoramollarning talog‘i,
yangi ovlangan
baliq, baliq moyi yoki baliqlarning
ratsionidan sifatsiz, uzoq
muddat saqlangan go‘sht-suyak uni, baliqlarni butunlay chiqarib
tashlash. Kombikormlarni vitaminlar bilan boyitish maqsadida
ularning har bir kg ga 2—3 g dan pivo achitqichi qo‘shiladi. Og‘ir
holatlarda 10—15
kunga och qoldirib, so‘ngra
yengil hazm
bo‘ladigan va vitaminlarga boy oziqalar berish tavsiya etiladi.
1. Virusli gemorragik septitsemiya qanday kasallik?
2. Baliqlardagi qizamiq (êðàñíóõà) kasalligi, asosan, qaysi mam-
lakatlarda tarqalgan?
3. Baliqlarda uchrovchi bronxiomikoz kasalligining klinik belgila-
rini ayting.
4. Rafidaskaridoz kasalligiga qarshi kurashish va oldini olish tadbir-
lari nimalarni o‘z ichiga oladi?
Do'stlaringiz bilan baham: