Baliqchilik asoslari


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

Klinik belgilari. Baliqlarni ovlash qurollari, inventarlari,
tashishda ishlatiladigan idishlarning ta’sirida kelib chiquvchi
shikastlanishlarda baliqlarning tanasidagi tangachalarning qu-
ruqsizlanishi, suzgichlarning sinishi, tanasiga yaralarning hosil
bo‘lishi, chuqur mushak qatlamida lat yegan joylar hamda ezi-
lish kuzatilib, uning oqibatida qon quyilish va yengil jarohat olish
ro‘y beradi.
Baliq o‘stiruvchi xo‘jaliklarda, qishlovchi basseynli kom-
plekslarda me’yordan ortiq baliqlarni o‘stirish jarayonida ular-
ning teri qatlamida jarohatlanish, shilliq moddasining yo‘qo-
lishi kuzatiladi. Ikra va lichinkalarini o‘stirish va inkubatsiyalash
jarayonida, chavoq va bir yoshdagi baliq lichinkalari orasida
tug‘ma mayiblarning paydo bo‘lishi namoyon bo‘ladi.
Uzoq muddatli bosim ta’sirida baliqlarning ayrim organlari
atrofiyaga uchrab, ularning o‘lishi, nobud bo‘lishi kuzatiladi.
Bunday shikastlanishlar ko‘proq ko‘krak hamda qorin suz-
gichlarning asosida, agarda qishlovchi basseyn komplekslari-
ning tubi toshlar, toshchalar bilan qoplangan bo‘lsa kuzatiladi.
Ayrim paytlarda nafaqat teri qatlami, balki mushak qatlami ham
jarohatlanadi, bunday holatlar, ayniqsa, oziq baliqlarda yaqqol
ko‘zga tashlanadi. Agarda bunday shikastlanishlar tananing ko‘p
qismini egallagan bo‘lsa, bu o‘limning sababchisiga aylanadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hatto juda ham kam shikast-
lanishlar organizmni kuchsizlantirib, ikkilamchi infeksiyalarga
bo‘lgan moyilligini oshiradi.
Òashxis baliqlarni klinik ko‘rikdan o‘tkazish asosida va shu-
ningdek, tanada tirnalish, shikastlanish, yaralar, suzgichlar-
ning ishdan chiqqanligi, qon to‘planganligi, qon quyilganligiga
qarab qo‘yiladi. Mexanik shikastlanishlarni ayrim infeksion va
invazion kasalliklar oqibatida paydo bo‘ladigan jarohatlardan
farq qila olish kerak.


241
Profilaktikasi. Shikastlanishning kelib chiqish sabablarini
yo‘qotishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish, baliq ov-
lashda ishlatiladigan jihozlarni, ovlangan baliqlarni tashishda
ishlatiladigan asbob-uskunalarni, transport vositalarini hamda
shunday tirnalishlarning oldini olish tadbirlarini amalga oshirish
talab qilinadi.
Hovuzlardagi baliqlarni ovlashda baliq yig‘uvchi va to‘pla-
nuvchi chuqurlarda yoki baliq ushlovchi uskunalarda baliqlar-
ning jarohat olishlarining oldini olish maqsadida, ularda yetarli
miqdorda suv bo‘lishi shart. Baliq to‘ri suvdan ko‘tarilganida
baliqlar miqdori 5—7 kg dan, agarda ko‘tarma to‘r bo‘lsa 30—
50 kg dan oshmasligi kerak. Katta yoshdagi baliqlarni tashishda
tashuvchi idishlarda yetarli miqdorda suv bo‘lishi shart (bir
baliqning hajmiga kamida 10 marotaba ziyod suv hisobida).
1. Baliqlarni kuzda ovlashning salbiy oqibatlarini bayon eting.
2. Baliqlarni tashishda vujudga keladigan shikastlanishlarning asosiy
sababi nima?
3. Qaysi turdagi baliqlar shikastlanishni og‘ir o‘tkazadi?
4. Baliqlarni ovlash qurollari, inventarlari, tashishda ishlatiladigan
idishlarning ta’sirida kelib chiquvchi shikastlanishlar.

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling