Baliqchilik asoslari
Kasallikning klinik belgilari
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasallikning oldini olish va qarshi kurashish.
Kasallikning klinik belgilari. Dastlab baliqlar tanasining teri
qatlamida, dumida, suzgichlarida mayda yakka oq dog‘lar paydo bo‘ladi. So‘ngra terining epidermis hujayrasining giperplaziyasi oqibatida, zararlangan joylardagi teri qalinlashadi va yassi epi- teliomalar hosil bo‘lib, teri qatlamining qolgan qismini qoplaydi. Kasallikning og‘ir ko‘rinishida esa yakka shishlar bir-biriga qo‘- shiladi va qalinligi 2—4 mm keladigan qatlamni hosil qiladi. Ka- 220 sallikning boshlang‘ich bosqichida epiteliomalar silliq va yaltiroq bo‘lib muloyim (bo‘sh) konsistensiyaga ega. Kasallikning surunkali oqimida esa ospali shishlarning yuzasi g‘adir-budur bo‘lib, qalinlashadi va qattiq konsistensiyaga ega, bu kemirchak to‘qimani eslatadi. Bora-bora jarayonga mushakli to‘qima ham qo‘shiladi, egiluvchanlik, elastik holatini yo‘qotadi va suyuqlik infiltratsiyalanadi. Suyaklar bo‘shashadi, deforma- tsiyalanadi. Ichki organlarda esa hech qanday patologik jarayon kuzatilmaydi. Òashxis. Epizootologik ma’lumotlar asosida va klinik belgilarga qarab qo‘yiladi. Kasallikning boshlang‘ich davrida ektoparazitar kasalliklardan (trixodinoz, xilodonelloz, ixtioftirioz) farqlash lozim. Bu kasal- liklarda ham teri qatlamida och ko‘kimtir qatlamlar hosil bo‘ladi. Biroq ospali shishlardan farqi shundan iboratki, shishlar manbali bo‘lmasdan, balki quyuvchan, toshuvchan xarakterga ega bo‘lib, deyarli butun tanani o‘rab oladi. Òeridan olingan qirindilar mikroskop ostida tekshirilganida esa ko‘plab qo‘zg‘atuvchilarni topish mumkin. Kasallikning oldini olish va qarshi kurashish. Baliqlarning yashash sharoitini yaxshilashga qaratilgan kompleks veterinariya- sanitariya va baliqchilik-meliorativ tadbirlar o‘tkaziladi. Kasallikni yo‘qotish va oldini olishda qo‘llanilib kelinayotgan usul — bu hovuzlarni yoz oylarida quritishdan iborat. Agarda hovuzdagi suv va tuprog‘ida yetarli miqdorda kalsiy elementi yetishmasa, sis- tematik ravishda hovuzlarga so‘ndirilmagan ohak solinadi, ba- liqlarning oziqasiga esa qo‘shimcha bo‘r (sutkalik ratsioniga 50 % gacha) qo‘shiladi. Oziqa bazasining yetishmasligi va baliqlar zich saqlanganida oziqa aralashmasiga vitaminlarga boy komponent- lar, o‘tloqzor va suv o‘tlaridan tayyorlangan ko‘k pasta (ratsionga 20 % gacha) gidrolizli achitqich (ratsionning 3—4 % gacha) kiritiladi. Seleksiya-naslchilik ishlarini yaxshilash lozim. Siste- matik ravishda kasal baliqlarni, ayniqsa, ona baliqlar to‘dasidan (galasidan) yo‘qotish zarur. Nosog‘lom xo‘jaliklarda chetlash, cheragalash o‘rnatiladi. Kuchli zararlangan baliqlarni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling