217
erkin suzib yuradi. Agarda shu muddat ichida lichinkalar ba-
liqlar
terisiga yopishib ololmasa, nobud bo‘ladi.
Lichinkalar
baliqlarning
terisida tez rivojlanib,
murakkab metamorfozni
boshidan o‘tkazadi va 2—3 haftadan so‘ng jinsiy voyaga yetadi.
Yozda ular 3 ta yangi avlodlarni berishi mumkin.
Epizootologik ma’lumotlar. Arguluslar
issiqsevar qisqich-
baqalar hisoblanadi. Ular barcha yoshdagi baliqlarda parazitlik
qiladi, shu yilgi zog‘orabaliq, kulmoy, oq va qora amur, buffalo,
sazan, sudak, leshch turlaridagi baliqlar ancha sezgir bo‘ladi.
Katta yoshdagi baliqlar esa parazit tashuvchi bo‘lib xizmat qi-
ladi. Òabiatda arguluslarning rezerventlari, yovvoyi baliqlar:
olabug‘a, 3 ignali kolyushka, tovonbaliq, yorshlar bo‘lishi mum-
kin. Baliqlarning maksimal zararlanishi yozda — iyul-avgust oy-
larida kuzatiladi, kuz va qishga kelib zararlanish pasayadi. Qis-
qichbaqalar qishda baliqlarning tanasida qishlab, bahorga kelib
invaziyaning tarqalish manbayi bo‘lib qoladi. Qisqichbaqalar-
ning lichinkali bosqichlari suv oqimi bilan boshqa sog‘lom suv
havzalariga borib baliqlarni zararlantirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: