Baliqchilik asoslari
Òashxis. Baliqlar tanasida qisqichbaqalarni topish asosida qo‘yiladi. Kasallikka qarshi kurash va oldini olish tadbirlari
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
Òashxis. Baliqlar tanasida qisqichbaqalarni topish asosida
qo‘yiladi. Kasallikka qarshi kurash va oldini olish tadbirlari. Kasal ba- liqlarni formalin eritmasining 1:500 nisbatdagi konsentratsiyasida 45 daqiqa ekspozitsiya (ushlab turish) qilish yo‘li bilan ishlovdan o‘tkaziladi. Vannalarda kaliy permanganat eritmasida 15—20 °C haroratda 1:50000 nisbatda 2—3 soat davomida, agar harorat 21— 30 °C bo‘lsa, 1:100000 nisbatda 1,5—2 soat davomida ushlab turiladi. Agar harorat 20 °C gacha bo‘lsa, 15 kunda bir marta, 20 °C dan yuqori bo‘lsa, haftasida bir marta xlorofos bilan 0,3— 0,5 g/m 3 dozada ishlovdan o‘tkaziladi. Oq amur va buffalolar- ning lerneyalardan qutulishi uchun karbofos 0,1 mg/l konsen- tratsiyasida ikki marta ikki hafta oralatib qo‘llaniladi. So‘ndirilma- gan ohakni 100—150 kg/ga miqdorda ikki marotaba may va sentabr oylarida kiritish ham yaxshi samara beradi. Bunda suv- ning pH—8,5—9,0 gacha ko‘tarilib, erkin yuruvchi qisqichbaqa- larning nauplial va kopepodit bosqichlarini yo‘qotishga erishiladi. Organik bo‘yoqlar — asosiy binafsharang «k» va aniq — yashil bo‘yoqlar 0,1—0,2 g/m 3 konsentratsiyada erkin bosqichdagi qis- qichbaqalarni o‘ldiradi. Chet elda xlorofos preparatining analogi mazoten va diptereks (0,25g/m 3 miqdorida haftasiga bir marotaba 5 hafta davomida) keng qo‘llanilib kelinmoqda. Xo‘jalikda zararlangan baliqlarni keltirmaslik, lerneyalarning nauplial va kopepodit bosqichlarini kiritmaslikka qaratilgan kompleks umumiy profilaktik tadbirlarni 216 o‘tkazish, hovuzlardagi loyqalarni quritish yo‘li bilan, dezinfeksiya ishlarini muntazam ravishda amalga oshirish maqsadga mu- vofiqdir. Baliqlarni tashishda nazorat o‘rnatmoq lozim. Bosh va suv bilan ta’minlovchi hovuzlarda zararlangan baliqlar bo‘l- masligiga e’tibor berish, sharsharalarda profilaktik tadbirlar: yosh va katta yoshdagi baliqlarni alohida o‘stirish, hovuzlarda ham- madan ko‘ra ko‘proq moyil baliq turlarining (oq amur va buffalo) sonini chegaralash kerak. Arguloz — bu baliqlarning invazion kasalligi bo‘lib, uni Argulus avlodiga mansub A.foliaceus, A.coregoni va A.japonicus qisqichbaqalarining parazitlik qilishi oqibatida qo‘zg‘atilib, ka- sallik baliqlarning oriqlanishi, kamqonligi, oziqani yemay qo‘- yishi, terida turli kattalikdagi yaralarning paydo bo‘lishi va ba’zan esa baliqlarning nobud bo‘lishi bilan xarakterlanadi. MDHning Yevropa hududida, Sibirda, Markaziy Osiyo respublikalaridagi chuchuk suv havzalarida Argulus foliaceus turi tarqalgan bo‘lsa, Uzoq Sharq o‘lkasida A.coregoni, G‘arbiy Yevropa, Ukraina va Amur basseynida A.japonicus turlari tarqalgan. Qisqichbaqalar baliq terisida parazitlik qilib, qon bilan oziqla- nishi oqibatida baliqlarni oriqlatib, ba’zan esa nobud bo‘lishiga olib kelishi ham mumkin. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling