Baliqchilik asoslari
Kasallikning klinik belgilari va patogenezi
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasallikning oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari.
Kasallikning klinik belgilari va patogenezi. Baliq tanasida
joylashib olgan arguluslar xartumi yordamida baliq terisini teshib qon so‘radi. Parazit yopishgan joyda shishlar hosil bo‘ladi, qon quyiladi, teri jarohatlanib, yarachalar hosil bo‘ladi. Baliqlar be- zovtalanadi, oziqani xohlamay qabul qiladi, o‘sishdan qoladi, suv o‘simliklari orasida yashirinadi, suv o‘simliklariga terisini ishqalaydi, kuchli intensiv zararlangan baliqlar nobud bo‘ladi. Zararlangan baliqlarning jabrasi qonsizlangan, tanasi yarachalar bilan qoplangan, shishgan bo‘ladi, nekroz rivojlanadi. Qisqich- baqalar baliq terisining epidermis qatlamini, haqiqiy teri va hat- toki mushak qatlamini jarohatlaydi. Bularning barchasi yallig‘- lanish jarayonining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Qisqichbaqa bezining zaharli sekreti uning xartumi orqali yaraga tushishi oqibatida toksikoz (zaharlanish)ni keltirib chiqaradi. Bulardan tashqari, arguluslar baliq kasallik qo‘zg‘atuvchilarini tashuvchilari ham bo‘lishi mumkin (oq amur baliqlarining skrabillanoz va turli xil qon parazitar kasalliklari). 218 Òashxis. Kasallikning klinik belgilari va arguluslarni baliq te- risida topish asosida qo‘yiladi. Òopilgan arguluslar probirkada yig‘ib olinib, qaysi turlarga mansubligi aniqlanadi. Kasallikning oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari. Ka- sallikning oldini olish kasal baliqlarning sog‘lom baliqlar bilan kontaktda (aloqada) bo‘lishining oldini olishga qaratilishi kerak. O‘stiruvchi va yayrovchi suv havzalariga turli yoshdagi baliqlarning qo‘shilib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, kasal baliqlar va qisqichbaqa lichinkalarining hovuzdan hovuzlarga o‘tib ketishi- ning oldini olish maqsadida suv kelib qo‘shiluvchi kanallarda baliq ushlovchi va qum-graviyli filtrlarni o‘rnatish zarur. Òuxumlar to‘pini yo‘qotish maqsadida hovuz ostidagi loyqalarni quritish va dezinfeksiya qilish, qishda esa hovuzlarni suvsiz qoldirish maq- sadga muvofiqdir. Gidroqurilmalarni bahorda dezinfeksiya qilib xlorli ohak bilan oqlab chiqish, suv havzalaridagi qattiq o‘sim- liklarni yig‘ib olish lozim. Baliqlarni arguluslardan qutqarish uchun nosog‘lom hovuzlarni xlorofos bilan ishlovdan o‘tkazish yaxshi samara beradi. Bunda xlorofosning suvdagi konsentra- tsiyasini 100 mg/l gacha yetkazish kerak. Baliq va suvda zog‘o- rabaliqlarni iste’mol qiluvchi yovvoyi baliqlar miqdorini kamay- tirish maqsadida suv havzalarining yuza qatlamiga so‘ndirilma- gan ohakni 100—150 kg bir gektar hisobiga sepib chiqish. Bunda hovuzlar iyul-avgust oylarida 2 marta 2 hafta oralig‘ida ohaklanadi. Karbofos qo‘llanilishi mumkin. Preparat zog‘ora- baliq, sazan, oq amur, ola peshanado‘ng turdagi baliqlarning chavoq va bir yoshdagilariga ishlov berishda qo‘llaniladi. Kar- bofosning 0,1 mg/l dozasi yosh va katta qisqichbaqalarni o‘ldi- rish qobiliyatiga ega. Zararlangan baliqlarga 0,001% li margan- sovka bilan vanna usuli qo‘llanilishi mumkin. Bunda baliqlar 30 daqiqa davomida ekspozitsiya qilinadi. Agarda eritma 0,5% li bo‘lsa, ekspozitsiya 8 daqiqani tashkil qilishi kerak. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling