Baliqchilik asoslari
Kasallikning klinik belgilari
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Patogenezi.
- Kasallikning oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari.
Kasallikning klinik belgilari. Sinergaziluslar ko‘proq baliq
jabrasining ikkinchi va uchinchi yoyida (duga) joylashadi. Ba- liqlar jabrasini ko‘rikdan o‘tkazilganda, uning shishganligi, nekrozga uchragan oq tusdagi uchastkalarini va u yerlarda to‘p- lanib, yig‘ilib qolgan qisqichbaqalarni ko‘rishimiz mumkin. Baliqlar so‘lg‘in (so‘ligan) holatda, bir yoshdagi baliqlar o‘zini toza suv oqimida ushlab turadi, katta yoshdagi baliqlar esa suv- ning yuzasiga suzib yuradi. Suv havzalarining qirg‘oqlarida o‘lgan baliqlarning jasadini uchratish mumkin. Patogenezi. Qisqichbaqalar o‘zlarining antennalari yordamida baliqlarning jabra qatlamlarini jarohatlaydi va yallig‘lanishni cha- qiradi, jabra epiteliysi o‘sib qalinlashadi, qon tomirlarning tiqilib qolishi kuzatiladi. Zararlangan jabra qatlamlari oqaradi, so‘ngra esa to‘qimalarning nekrozi rivojlanadi. Qon bilan ta’minlanish, kislorod almashuvi buziladi va asfiksiya kelib chiqadi. Òashxis. Kasallikning klinik belgilari va baliq jabrasining tekshiruvi asosida qo‘yiladi. Buning uchun jabradan shilimshiq qirib olinadi va kompressor usulida mikroskop ostida tekshi- riladi. Kasallikning oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari. Suv havzalariga invaziyaning kirib qolishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish. Òashib keltirilayotgan o‘txo‘r baliq- larning qisqichbaqalar bilan zararlanganligiga tekshirish shart. Katta yoshdagi baliqlar invaziyaning tashuvchi ekanligini ino- batga olib, yosh va katta yoshdagi baliqlarni alohida-alohida saq- lash. Invaziyaning keng miqyosda tarqalganligi va uni bartaraf etishning murakkabligini inobatga olib, bunday suv havzalariga sinergazilozga chalinmaydigan baliqlarni o‘stirish, urchitish (zo- g‘orabaliq, sazan va ularning gibridlari, tovonbaliq, pelyad, kit va boshqalar) tavsiya etiladi. Bosh hovuzlar, havzalar va suv tashuvchi kanallardan pastki suv havzalariga invaziyaning kirishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish. Kasallikni davolashda bir qancha preparatlar sinab ko‘rilgan. Xitoyda zararlangan baliqlar mis va temir kuporosining 5:2 nis- batdagi aralashmasi bilan ishlovdan o‘tkaziladi. Bunda 7 qism 213 aralashma (7 gramm) 1 m 3 suvda eritilib kasal baliqlarni 6—7 soat davomida ekspozitsiya qilinadi. Suvning pH muhitini inobatga olib hovuzlarni xlorofosning 0,3—0,5 g/m 3 konsentratsiyasi bilan 2 marta 6—7 kun oralig‘ida ishlov berish ham tavsiya etilgan bo‘lib, bunda zararlangan baliqlar to‘liq qisqichbaqalardan qutuladi (ozod bo‘lishadi). Bundan tashqari, biologik qarshi kurash usuli ham tavsiya etilgan. Usulning mohiyati shundan iboratki, nosog‘lom suv havza- lariga planktonofaglarni kirgizish, ko‘paytirish: kumushrang to- vonbaliq va ola peshanado‘ng baliqlari zooplanktonlar bilan oziqlanishi jarayonida sinergazilus lichinkalarini ham iste’mol qilishadi. Buning uchun kumushrang tovonbaliqlarning bir yosh- gacha bo‘lganlaridan 10 mingtadan 25 mingtagacha bir gektar maydonga, 2 yoshli ola peshanado‘ng baliqlardan 2000 ta gek- tariga kiritilishi lozim. Nosog‘lom suv havzalarining suv oqimini tezlashtirish maqsadga muvofiqdir. Chunki bunda erkin yashovchi sinergaziluslarning lichinkali shakllari suv havzalaridan chiqib ketadi. Natijada kasallikning kamayishiga olib keladi. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling