Baliqchilik asoslari


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

Qo‘zg‘atuvchisi. Jinsiy voyaga yetgan urg‘ochi E.sieboldi qis-
qichbaqasining tanasi noksimon shaklda, uzunligi 1—1,5 mm
bo‘lib, parazitning oldingi qismi biroz kengaygan, orqa qismi esa
toraygan. Birinchi ko‘krak segmenti bosh qismi bilan qo‘shilgan.
Orqa toraygan qismida 5 juft suzuvchi oyoqchalari mavjud. Òa-
naning qorin tomonidan oldingi qismining bo‘rtib chiqqan joyida
og‘iz teshigi joylashgan.
E.briani ko‘rinishi jihatdan xuddi skripkani eslatadi, uzun-
ligi 0,7—1 mm. Bosh ko‘krak qismi tana uzunligining yarmiga
teng. Urg‘ochilarida ikkita uzun tuxum xaltasi mavjud, E.sieboldi


209
ning tuxum xaltasida 100—110 ta. E.briani da esa 18—20 ta
tuxumlar bo‘ladi.
Rivojlanishi. Jinsiy voyaga yetgan urg‘ochi qisqichbaqalarning
tuxum xaltasida tashqi muhit harorati 18—20 °C selsiyda yosh
qisqichbaqalar (naupliuslar) rivojlanadi va tuxumdan tashqariga
chiqadi. Òuxum va yosh qisqichbaqalarning rivojlanish muddati
suvning harorat rejimiga bog‘liq. Suvda suzib yurgan naupliuslar
tullay boshlaydi. Qisqichbaqaning rivojlanish bosqichida 3 ta na-
uplial va bitta kopepod bosqichlarini ko‘rish mumkin. Òo‘rtinchi
kopepodit bosqichida jinslarning differensiatsiyasi, urg‘ochi va
erkaklarning qo‘shilish (kopulatsiyasi) jarayoni yuz beradi. Erkak
va urg‘ochi qisqichbaqalar qo‘shilgandan so‘ng erkaklari no-
bud bo‘ladi, urg‘ochilari esa baliqlarning jabra bo‘shlig‘iga yopi-
shib oladi. Erkak qisqichbaqalar ikki haftagacha, urg‘ochilari esa
bir yilgacha hayot kechiradi. Qisqichbaqalar tuxumdan to voyaga
yetgan bosqichining shakllanishi uchun 2—3 hafta kerak bo‘ladi.
Yoz fasli davomida qisqichbaqalarning ko‘p sonli generatsiyasi-
ning almashuvi kuzatiladi. Ergaziluslar xo‘jayin qoni va jabra
to‘qimasi bilan oziqlanadi.

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling