Baliqchilik asoslari


Epizootologik ma’lumotlar


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

Epizootologik ma’lumotlar. Kasallik MDH va G‘arbiy Yev-
ropaning chuchuk suv havzalarida uchraydi. Quyidagi 50 turdan
ortiq chuchuk suv baliqlari kasallikka chalinadilar: karp, ola-
bug‘a, los, oq baliq, cho‘rtanbaliq va boshqalar. Ko‘proq pelagik
baliqlar: lin, leshch, pelyad, dengiz gulmohi kabi baliqlar
zararlanadi. Lin, pelyad va oq baliq turlaridagi baliqlarning o‘lish
holatlari kuzatilgan. Zararlanish ko‘proq bahor-yoz fasllarida
qisqichbaqalar rivojlangan paytda kuzatiladi. Bunda invaziyaning
ekstensivligi 70—90% gacha, invaziyaning intensivligi bir necha
o‘nlab ekzemplardan bir necha minglab ekzemplargacha yetishi
mumkin. Invaziyaning manbayi qisqichbaqalarni tashuvchi ba-
liqlar hisoblanadi. Lichinkalari rivojlanish davrida suv oqimi bilan
pastki suv havzalariga oqib borib baliqlarni zararlaydi.
Kasallikning klinik belgilari va patogenezi. Qisqichbaqalar baliq
jabrasining bo‘lmalarida joylashib, oziqlanish jarayonida jabra
bo‘lmalari butunligini buzadi, respirator qatlarini (taxlarini)


210
yirtadi, qon tomirlarni shikastlaydi. Natijada jabra to‘qimasining
nekrozini keltirib chiqaradi. Zararlangan uchastkalarda patogen
zamburug‘lar joylashib olib patologik jarayonni yanada chu-
qurlashtiradi. Pelyadlarda ko‘proq boshida, ko‘z atrofida, ko‘krak
suzgichlarining asosida, anal teshigi atrofida joylashib olib pa-
razitlik qiladi. Zararlangan baliqlar oriqlanadi, o‘sish-rivojlanish-
dan orqada qoladi. Kasal baliq toza suv oqayotgan joyda to‘pla-
nishadi va asfiksiya belgilarining yaqqol namoyon bo‘lishi oqi-
batida nobud bo‘ladi.
Òashxis. Kasallikning klinik belgilari hamda jabra va boshqa
organlardan olingan shilimshiq moddalar mikroskop ostida tek-
shirilib, qisqichbaqalarni topish asosida qo‘yiladi.
Kasallikning oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari sog‘-
lom suv havzalariga qisqichbaqalarning kirib qolishining oldini
olishga qaratilishi lozim. Suv havzasidagi baliqlar tekshiruvdan
o‘tkaziladi. Zararlangan baliqlarni vannada xlorofosning 100 dan
400 mg/l konsentratsiyasida 2—3 soat ushlab turiladi (ekspo-
zitsiya), hovuzlar esa preparatning 0,5 ml/l konsentratsiyasi bilan
7—8 kun davomida ishlov beriladi.
Baliqlar ommaviy ravishda zararlansa, kuzda ular jadal ra-
vishda ovlanadi. Baliqchilik xo‘jaliklarida qisqichbaqalar bilan
zararlangan yovvoyi baliqlar kirib qolishining oldini olish maq-
sadida suv tushadigan kanallarda baliq ushlovchi uskunalar va
qumgraviyli filtrlarni o‘rnatish maqsadga muvofiqdir.
Sinergaziloz — bu o‘txo‘r baliqlarning invazion kasalligi
bo‘lib, uni Sinergasilus avlodiga mansub qisqichbaqalarning
baliqlar jabrasida parazitlik qilishi oqibatida qo‘zg‘atilib, kasallik
jabra to‘qimasining yallig‘lanishi va nekrozi, organizmning in-
toksikatsiyasi bilan xarakterlanadi. Oq amur turidagi baliqlarda
Sinergasilus major, oq va ola peshanado‘ng baliqlarda Sinergasilus
lieni parazitlik qiladi. Bu har ikkala turdagi qisqichbaqalar o‘z
xo‘jayinlariga nisbatan qat’iy spetsifik (o‘ziga xos) xususiyatga ega,
faqat ko‘rsatilgan turdagi xo‘jayinlar organizmida parazitlik qi-
ladi. Bu qisqichbaqalar Xitoydan iqlimlashtirish maqsadida kel-
tirilgan baliqlar bilan birga kelgan.


211

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling