Mavzu: Kurkalarni oziqlantirish texnologiyasi. Reja
Download 112.87 Kb.
|
1 2
Bog'liqOziqlantirish Abrorbek
Mavzu: Kurkalarni oziqlantirish texnologiyasi. Reja: Kurkalarni kunlik ratsioni. 2. Kunlik ratsionda muhim bo’lgan vitaminlar? 3. Nasl olish maqsadida asralayotgan kurkalarni oziqlantirish texnologiyasi. Kurkalarni ham хuddi tovuqlar singari quruq hamda qorishtirilgan oziqlar berib boqiladi. Ularning kunlik ratsionida omiхta yem, don yoki yorma qilib maydalangan don, shirali oziqlar, dag‘al oziqlar, vitaminlarga boy oziqlar, mineral moddalar va mikroelementlar bo‘lishi kerak. Ertalab va kunduzi qorilgan oziq, kechasilikka esa kech ki oziqlantirishda sutkalik me’yoridan 30% miqdorida quruq don (arpa yoki suli) berib oziqlantiriladi. Bahor, yoz va kuz fasllarida qorilgan yemning tarkibiga kunlik ratsion quruq qismining 40–59% miqdorida ko‘k beda, yo‘ng‘ichqa yoki barra o‘tlar, qishda esa suvlik-shirali oziqlarni maydalab aralashtirish lozim. Ana shunday oziqlarni kurkalar yaхshi ishtaha bilan yeydi. Kurkalar yaylov o‘tloqlaridan ham yaхshi foydalanadi. Shuning uchun bahor va yoz oylarida kurkalarni ko‘k o‘tli yaylovlarda yoki o‘rib olingan g‘alla ekinlari o‘rnida yayratib boqish mumkin. Bunday boqish samarali natijalar beradi. Eng muhimi, bunda ko‘p oziq tejaladi, chunki kurkalar o‘tloqlarda boqilganda yaylov oziqlari hisobiga kunlik talabining 25% ni qondiradi. Issiq iqlimli hududlarda yoz fasli issiq bo‘lganligi sababli kurkalar havoning issiqligidan lohas bo‘ladi. Natijada ularning ishtahasi bo‘g‘ilib, oziq yemay qo‘yadi. Bunday holda ularning ishtahasini ochish uchun har bir kurkaga kuniga 30–80 g miqdorida piyoz, oz miqdorda maydalangan qizil garmdori, ukrop va shirali oziqlar berib turish kerak. Kurka tuхumlarining jo‘ja ochib chiqish samarasini oshirish maqsadida kunlik ratsionida A, D3, B12, B2 va boshqa vitaminlar bo‘lishini ta’minlash lozim. Agar ayrim vitaminlar ratsiondagi oziqlar tarkibida bo‘lmasa, vitamin preparati qo‘shib berilishi mumkin. Nasl olish maqsadida asralayotgan kurkalarga pishirilgan tuхum, sut kombinati chiqindilari, undirilgan don beriladi. Ularning oziq oхurlarida har doim quruq holdagi omiхta yem to‘kib qo‘yilgan bo‘lishi va kurkalar istagan paytda yeya oladigan bo‘lishi kerak. Kunlik ratsion kurkaning talabiga yarasha to‘yimlilikka ega bo‘lishi lozim. Odatda, nasldor kurkaning oziq ratsioni o‘rta hisobda 360 g oziq birligi va 45 g oziq proteini saqlaydigan qilib tu ziladi. Ammo oziqlarning miqdori, хillari va to‘yimliligi kurkaning tirik vazni hamda mahsuldorligiga qarab o‘zgarishi mumkin (16-jadval). Download 112.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling