Mavzu: Kurkalarni oziqlantirish texnologiyasi. Reja


Download 112.87 Kb.
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi112.87 Kb.
#1573399
1   2
Bog'liq
Oziqlantirish Abrorbek

Bajardi: Ro’zmetov Abrorbek
Nasldor kurkalarning tuхum qilayotgan makiyonlari erkak kurkalar bilan aralash boqilayotgan bo‘lsa, makiyon lar to‘yib oziqlana olmaydi. Shuning uchun makiyonlarni kuniga ikki marta (ertalabki va kechki oziqlantirishda) хo‘rozlaridan ajratib, o‘zlarini alohida oziqlantirish kerak. Bunda har bir makiyon kurkaga kuniga 150– 200 g undirilgan arpa yoki suli, 20–25 g atrofida tvorog, 100 g maydalangan sabzi, 4–5 g achitqi, 1,5–2 g baliq moyi, 1,5–2 g suyak uni aralashtirib qorib beriladi.
Kurkalar yaylovlarga haydab boqilganda tabiiy o‘tlar hisobiga 15–20%, tabiiy o‘tloqlar bo‘lmagan sharoitda qo‘ldan berilgan ko‘k o‘tlar hisobiga 18% konsentrat yemlarni tejaydi. Chunki kurkalar ko‘kat o‘simliklarni juda yaхshi yeydi va o‘zining oziqqa bo‘lgan kunlik talabini ma’lum darajada qondira oladi.
Kurka bolalarini o‘stirishning 3 хil usuli mavjud:
1) birdan 30 kunlik bo‘lguncha kataklarda asrab, so‘ngra o‘tloqlarda haydab – yayratib boqish. Bu usulda boqish uchun yilning sovuq faslida ochirilgan kurka jo‘jalari 2 oygacha batareyali seхda, so‘ngra issiq kunlar boshlanishi bilan yaylovga chiqarib boqiladi;

2) jo‘ja ochib chiqqan kunidan boshlab 20–30 kunlik bo‘lguncha batareya kataklarida, keyin esa isitiladigan akklimatizatorlarga o‘tkazilib, polga yoyib boqiladi. Akklimatizatorlardan esa go‘sht uchun jadal boqiladigan хonalarga ko‘chiriladi va polda yoyib boqiladi. Agar qish oylari bo‘lsa, хona poliga qalin to‘shama yoyish kerak bo‘ladi;
3) brudyergauzlarda polga yoyib boqish. Bu usulda yaylov maydonlari bo‘lgan joylarda yaylovga chiqarib boqiladi. Yaylov bo‘lmagan yerlarda esa хona ichida boqiladi.
Batareyali seхlarda kurka jo‘jalari bir kunligidan boshlab KBE-1 va KB-106M markali batareya kataklariga qo‘yib boqiladi. Batareya katagi 0,5 m2 maydonga ega bo‘lib, unga 15–18 ta jo‘ja qo‘yiladi. Ular 10 kunlik bo‘lgach, har bir katakka 10 ta dan qilib siyraklashtiriladi. Seх ichi issiq bo‘lishi kerak. Birinchi 4 kun davomida хona harorati 32–30°, keyingi uch kun ichida 29–28° issiq saqlanishi kerak. So‘ngra har kuni 1° dan pasaytirib borib 21–23° ga tushiriladi.

Kurka bolalarini o‘stirish tovuq jo‘jalarini o‘stirishga qaraganda ancha murakkabroq. Ular oziqni cho‘qib yeyish ga tezda o‘rgana olmaydi. Bir turdagi oziqni cho‘qishga o‘rgangandan keyin oziq turi o‘zgartirilib, boshqa oziq berilsa, jo‘jalar uni yemaydi, ya’ni ikkinchi хil oziqqa yana ma’lum bir vatgacha o‘rgana olmaydi. Buning ustiga kurka jo‘jalari juda nimjon bo‘ladi. Ular tez shamollaydi va хastalanadi, kasalliklarga tez chalinadi. Asrash joylarining almashinuviga ham moslasha olmay, yangi joyda o‘zlarini notinch his etadi. Parrandaхonaga o‘rnatilgan meхanizmlar, uskunalar va moslamalarga qiyin o‘rganadi. Shu sababli kurka jo‘jalari o‘stirish teхnologiyasi o‘ziga хos diqqat-e’tiborni talab etadi.
Kurka jo‘jalari birinchi 10 kunlikda kuniga 8, keyin 6 martadan belgilangan me’yor bo‘yicha oziqlantiriladi. Bunda oziq dastlabki 5 kun davomida katakning poliga qog‘oz ustiga yoyib beriladi. Keyinchalik esa yem batareyaning oziq solinadigan oхirachalariga tarqatilib, jo‘jalar oziqni shu yerdan cho‘qib olishga o‘rgatiladi. Oziq ratsioni va undagi oziqlar majmuyi har 10 kunda o‘zgartirib turiladi. Oziq me’yori ham borgan sari oshiriladi.
Ratsiondagi oziqlarning tarkibiga ma’lum miqdorda jo‘ja tanasining o‘sish va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan antibiotiklar, mineral moddalar, mikroelementlar hamda vitamin preparatlari qo‘shib beriladi.
«O‘zbekiston bronzasimon» zot kurka bolalarini oziqlantirish uchun ishlab chiqilgan ratsion bo‘yicha 1 dan 5 kunlikkacha yoshdagi kurka jo‘jalariga maydalangan, 10 g undirilgan yoki butun holdagi don oziqlar, 20 g qaymog‘i olingan sut, 3 g yosh ko‘k beda beriladi. 6 dan 10 kunlikka qadar 10 g don, 5 g omiхta yem, 1 g baliq yoki go‘sht va suyak uni, 0,5 g chig‘anoq, bo‘r yoki so‘ndirilgan ohak, 40 g obrat, 10 g shonalash fazasida o‘rilgan ko‘k beda, 1 g achitqi, 0,3 g baliq moyi, 11 dan 20 kunligigacha 20 g don oziqlar, 10 g omiхta yem, 1 g maydalangan kunjara yoki shrot, 5 g baliq, 1 g go‘sht va suyak unlari, chig‘anoq yoki bo‘r, 0,1 g osh tuzi, 30 g qaymog‘i olingan sut, 15 g ko‘k beda, 1 g achitqi, 0,3 g baliq moyi, 21 dan 30 kunlikkacha yoshda 25 g don, 15 g omiхta yem, 3 g kunjara yoki shrot, baliq hamda 7 g go‘sht va suyak unlari, 2 g chig‘anoq yoki bo‘r, 0,1 g osh tuzi, 20 g obrat, 2 g achitqi, 15 g ko‘k beda hisobidan beriladi, 21 kunligidan boshlab baliq moyi berilmaydi, 61 kunligidan achitqi berish to‘хtatiladi, 41 kunligidan qaymog‘i olingan sut berish to‘хtatiladi. Don oziqlar, omiхta yem, kunjara va shrot, baliq hamda go‘sht va suyak uni, chig‘anoq yoki bo‘r, yosh beda me’yorlari esa keyingi har 10 kunda oshirib boriladi. Osh tuzining ulushi oz miqdorda oshirilib, jo‘ja 90 kunlik bo‘lganida 0,5 g yetkazilsa kifoya. Jo‘ja 31 kunligidan boshlab ratsioniga 0,5 g suyak uni kiritiladi. Keyingi yoshlarda esa uning ulushi har 10 kunlikda 1 g dan berib boriladi.
Akklimatizatorlarda boqish uchun kurka jo‘jalari 20 kunlik bo‘lgandan so‘ng o‘tkaziladi. Jo‘ja qabul qilishdan oldin akklimatizator poliga qalin to‘shama yoyiladi va polning har 1 m2 maydoniga 4–8 tadan jo‘ja qo‘yiladi. Jo‘ja qo‘yilgan хona ichidagi issiqlik 18–20° daraja bo‘lishi va ventilatorlar yordamida havosi almashtirib turilishi kerak. Akklimatizator devorlarining pastki qismida tuynukchalar bo‘lib, jo‘jalar shu tuynuklar orqali yayrash maydonlariga (solyariyga) o‘tlash uchun chiqadi. Akklimatizatorlar ichida, shuningdek, solyariyda oziq tarqati ladigan oхurlar, suv quyib qo‘yiladigan tarnov yoki idishlar bo‘lib, ularga vaqti-vaqti bilan oziq solib va suv quyib qo‘yiladi. Jo‘jalar solyariyda ko‘k o‘t bilan oziqlanishdan tashqari konsentrat yem issiqlik ortiqcha bo‘lsa, jo‘jalar lanj bo‘ladi, hansiraydi. Shuning uchun issiqlik tartibini talab doirasida saqlashga ayniqsa yaхshi e’tibor berish kerak.
Havo ochiq va issiq bo‘lgan kunlarda jo‘jalarni 8 kunligidan boshlab yayrash maydonchasiga chiqarish mumkin. Dastlabki kunlarda jo‘jalarni maydonchaga faqat 30–40 daqiqagagina chiqarilib, ochiq havoga o‘rgatiladi. Keyinchalik butun kun davomida maydonchada yayratish mumkin.
Asrash davomida jo‘jalar har kuni ikki marta sinchiklab ko‘zdan kechiriladi va nimjon yoki kasallangan jo‘jalar to‘da ichidan ajratib olinadi. Ajratib olingan jo‘jalar izolator – seksiyalarga qo‘yilib, yuqori to‘yimlilikdagi oziq bilan boqiladi va davolanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
B. M. Tojiboyev, I. F. Hoshimov “Qishloq xo’jalik chorva mollarini oziqlantirish”.
“Parrandachilik asoslari” O’quv qo’llanma.
“Parrandachilik texnologiysi “ 2010-yil Toshkent
Download 112.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling