Baliqchilik asoslari
Baliqlarning ixtioftirioz kasalligi
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiologiyasi.
Baliqlarning ixtioftirioz kasalligi — zog‘orabaliq, sazan va
ularning gibridlarining haddan tashqari xavfli invazion kasal- ligi hisoblanadi. Kasallikka kumush va tillarang tovonbaliq, su- dak, gulmohi va ko‘pgina chuchuk suv, dengiz va hovuzlarda o‘suvchi baliq turlari moyil. Kasallik, ayniqsa, baliqchilik xo‘- jaliklarining hovuzlarida, baliq o‘stiruvchi xo‘jaliklarda hamda basseyn va baliqchilik zavodlarida baliqlar zich saqlanganida kelib chiqadi. Òabiiy suv havzalarida ixtioftiriozning epizootik ko‘rinishi juda ham kam namoyon bo‘ladi, biroq barcha turdagi chuchuk suv baliqlari kasallik qo‘zg‘atuvchilarini o‘z organizmida tashib yuri- shini inobatga olsak, ular tabiatda tabiiy rezervuar manbani ta’minlab turadi. Ixtioftirioz Sharqiy va G‘arbiy Yevropa, Kanada, Amerika, Rossiya baliqchilik xo‘jaliklarida tez-tez uchramoqda. Kasallik, shuningdek, Ukraina, Belorussiya, Qozog‘iston, Markaziy Osiyo respublikalarida va Kavkazortida qayd etilgan. Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi bu Ophtyoglenidae oila- siga mansub bo‘lgan Ichtyophthirius teng tukli infuzoriyalaridir. Parazit tanasi qariyb yumaloq yoki tuxumsimon shaklda. Òana- ning bosh tomonida maydagina og‘iz teshigi va kichik tomoqchasi mavjud. Parazitning butun tanasi meridial joylashgan uzunchoq tukchalar bilan qoplangan. Òananing o‘rta qismida yo‘g‘on, kalta tanasimon qayrilgan makronukleus, uning do‘mboq (qavargan) tomonida esa mikronukleus joylashgan. Ixtioftirioz baliqlarning tipik paraziti hisoblanadi. Parazit- ning rivojlanishida 3 ta bosqich mavjud. Birinchi bosqichi xo‘- jayin terisining ichida parazitlik qilish bosqichi, sistalarning ko‘payish bosqichi (suv ostidagi loyqalarda, o‘simliklarda va suzuvchi predmetlardagi sistalar) va suvda erkin suzuvchi infu- zoriyalar (daydib yurish)ning bosqichi. Baliq terisining dermoidli tepa (sumka) qismida katta yoshdagi ixtioftiriuslar chiqib, suv havzalarining ostiga cho‘kadi, o‘simliklarga yopishadi, shilimshiq modda bilan o‘ralib sistaga aylanadi. Uning ichida 200—1000 ta- gacha juda mayda yumaloq yosh infuzoriyalar (daydib yuruvchi) 206 hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan daydib yuruvchi infuzoriyalar sistaning qobig‘ini teshib tashqi muhitga tushadi, noksimon shaklga kiradi. Bularning kattaligi 1040 mkm bo‘lib, invazion bosqichga yetadi. Daydib yuruvchi infuzoriyalar xo‘jayin organizmi bilan aloqada bo‘lganida, ular terining epitelial qobig‘i ostiga yoki jabrasiga faol harakatlanib kirib oladi, o‘sadi, rivojlanadi va baliqlar tana- sida mayda yumaloq dermoidli tugunak — tanachalarni (sumka) hosil qiladi. Shu bilan infuzoriyalarning zanjiri bog‘lanadi. Òashqi muhitda daydib yuruvchi infuzoriyalar 55 soat davomida hayot kechirishi mumkin. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling