Baliqchilik asoslari


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

Qo‘zg‘atuvchisi. Pseudo echinorhynchus clavula ning tanasi
silindrsimon shaklda, xartumi ham silindrsimon shaklda bo‘lib,
uzunligi 0,7 mm gacha. Xartumida har bir qatorida 11—13 ta-
dan 18—22 qator xitinli ilmoqchalar mavjud. Xartum qini xal-
tasimon shaklda. Xartum qiniga nisbatan Lemnitski apparati
kalta, 6 ta sementli bezlar juft bo‘lib joylashgan. Erkaklarning
uzunligi 3,5—6,5 mm, eni 0,8—1,2 mm; urg‘ochilari uzunligi
5—9 mm, eni 0,8—1 mm; tuxumlari uzunchoq-ovalsimon shaklda
bo‘lib, hajmi 0,1—0,110,023 mm ga teng.
Biologik rivojlanishi. Qo‘zg‘atuvchining rivojlanishi xuddi
boshqa ilmoqboshlilar singari biologik oraliq xo‘jayinlar ishtiro-
kida kechadi. Oraliq xo‘jayin vazifasini Gammarus pulex,
Pontoporeia affinis, Amphithae rubricata turlariga mansub yonbo-
shida suzuvchi umurtqasiz chuvalchanglar bajaradi.
Epizootologik ma’lumotlar. Kasallik tabiiy suv havzalarida qayd
etilgan. Invaziyaning manbayi — zararlangan baliqlar va yonbosh
suzuvchi umurtqasizlardir. Baliqlarning zararlanishi ko‘pincha
yozda, ham parazitlar uchun va ham oraliq xo‘jayinlarning ri-
vojlanishi uchun qulay haroratli sharoit vujudga keladi. Invaziya-
ning ekstensivligi va intensivligi iyun oyidan avgust oyigacha ko‘-
tarilib boradi. Masalan, Boshqirdiston ko‘llaridagi yelimbaliq
turidagi baliqlarning zararlanishi avgust oyida 91% ga yetib,
invaziyaning intensivligi 800 donani tashkil qilgan.
Kasallikning klinik belgilari va patogenezi. Kasal baliqlar
oriqlangan, teri qatlami oqargan, shilliq pardalar anemiya holatida.


202
Ilmoqboshlilar o‘zining xartumi bilan ichak devoriga yopishishi
oqibatida uni shikastlaydi. Parazit yopishgan joyda proliferativ
yallig‘lanish, qon quyilish, biriktiruvchi to‘qimalarning o‘sishi,
petrifikatsiya manbayi kuzatilib, ichaklar g‘adir-budur bo‘lib
qoladi. Ilmoqboshlilarning ichakda to‘planishi oqibatida oziqani
hazm qilish jarayoni buziladi, baliqlar oriqlanadi, ba’zan esa nobud
bo‘ladi yoki baliqxo‘r parrandalar tomonidan iste’mol qilinadi.
Òashxis. Kasal baliqlar gelmintologik yorib ko‘riladi va ilmoq-
boshlilarni topish asosida qo‘yiladi. Òopilgan gelmintlar yig‘ib
olinib, ularning turlari aniqlanadi.

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling