202
Ilmoqboshlilar o‘zining xartumi bilan ichak devoriga yopishishi
oqibatida uni shikastlaydi. Parazit yopishgan joyda proliferativ
yallig‘lanish, qon quyilish, biriktiruvchi to‘qimalarning o‘sishi,
petrifikatsiya
manbayi kuzatilib, ichaklar g‘adir-budur bo‘lib
qoladi. Ilmoqboshlilarning ichakda to‘planishi oqibatida oziqani
hazm qilish jarayoni buziladi, baliqlar oriqlanadi, ba’zan esa nobud
bo‘ladi yoki baliqxo‘r parrandalar tomonidan iste’mol qilinadi.
Òashxis. Kasal baliqlar gelmintologik yorib ko‘riladi va ilmoq-
boshlilarni topish asosida qo‘yiladi. Òopilgan gelmintlar yig‘ib
olinib, ularning turlari aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: