Baliqchilik asoslari
Patogenez va patologoanatomik o‘zgarishlar
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
Patogenez va patologoanatomik o‘zgarishlar. Organizm
bo‘ylab migratsiya qilayotgan lichinkalar jigar, buyrak, suzgich pufagi, to‘qimalar, qon tomirlarni jarohatlaydi. Chavoqlarda suzgich pufagidagi qon tomirlarni ham jarohatlaydi. Chavoqlarda suzgich pufagining devori ancha yupqa bo‘lganligi uchun mig- ratsiya qilayotgan lichinkalar ularni tezda yirtadi, natijada gaz almashinuvi va harakat koordinatsiyasi buziladi, suvda harakat qila olmaydi va tezda nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi. O‘lgan baliqlarni yorib ko‘rilganda jigarda yallig‘lanish ja- rayoni kuzatiladi, kattalashgan loy-tuproqli rangda pulpasi qon quyilish bilan yumshagan, bo‘shashgan bo‘ladi. Buyraklar bir necha marta kattalashgan, qon bilan to‘lgan. Suzgich pufagining devorida yallig‘langan ko‘kimtir iflos mozaik (aralash-quralash) chiziqlar kuzatiladi. Suzgich pufagining devoridagi qon tomirlar kuchli katta- lashgan, qon bilan to‘lgan. Òana bo‘shliqlarida qizg‘ish tusdagi ekssudat to‘plangan. Ushbu yilgi baliqlarning tana bo‘shlig‘ida 197 urg‘ochi filometroides nematodalarini uchratish mumkin. Ular jigar bilan ichaklar orasida joylashgan bo‘lib, bahorgacha shu yerda saqlanib qoladi. Qon tarkibida ham o‘zgarish kuzatiladi. Leykotsitoz holati, gemoglobin 6—8% ga pasaygan, eritrotsit soni kamaygan, leykotsitar formulada esa polimorf o‘zakli leykotsit va neytrofillar tomoniga siljigan bo‘lib, ularning soni 1,5—3 ma- rotaba ko‘paygan bo‘ladi. Òashxis. Kasallikning o‘tkir oqimiga tashxis qo‘yish uchun kasallikning klinik belgilarini inobatga olib chavoqlarni gelmin- tologik yorib ko‘rish natijasiga qarab qo‘yiladi. Ichki organlar, suzgich pufagi bilan birgalikda olinib kompressorum usulida tekshiriladi. Bunda ko‘p miqdordagi lichinkalarni topish mumkin. Kasallikning surunkali oqimini aniqlashda esa baliqlarni klinik tekshiruvdan o‘tkazib, gelmintologik yorib ko‘rish usuli qo‘l- laniladi. Kompressorum usulida ichki organlar: jigar, buyrak, suzgich pufagidan namuna olib tekshiriladi, bunda lichinka yoki jinsiy voyaga yetgan erkak filometroideslarni topish mumkin. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling