Baliqchilik asoslari
Kasallikka qarshi kurashish va oldini olish tadbirlari
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Filometroidoz
- Qo‘zg‘atuvchisi.
Kasallikka qarshi kurashish va oldini olish tadbirlari. Hovuz-
larda joylashgan va tashib o‘tishga moslashgan kitlar rafidaska- ridozga tekshirilishi shart. Zararlangan baliqlarni sog‘lom suv havzalariga tashlash qat’iyan man etiladi. Hovuzli xo‘jaliklarda kasallik aniqlanganida, barcha yirtqich baliqlar ovlanadi va bun- day hovuzlarga qaytadan, yangidan yirtqich baliqlarni joylashtirish bir yildan so‘ng amalga oshiriladi. Òabiiy nosog‘lom suv havzala- rida rafidaskaridlarga qarshi kurashishning ratsional usuli — bu kitlarni (asosiy xo‘jayinlari) ovlashdir. Ular sonining kamayishi zog‘orabaliqlar rafidaskaridlarning lichinkalari bilan zararlani- shini ham keskin kamaytiradi. Qolgan baliqlar ham ovlanadi, zararlangan baliqlar hovuzlarga kirishining oldi olinadi. Filometroidoz — bu zog‘orabaliq, sazan va ularning gibridlari bo‘lgan baliqlarning gelmintoz kasalligi bo‘lib, uni Philometridae oilasiga mansub Philometroides lusiana nematodasining jinsiy voyaga yetgan shakli mushak to‘qimasida, teri tangachalardagi kosachalarda, lichinkalari esa ichki organlarda (jigar, buyrak, suzgich pufagi, ichki yog‘ qatlamlarida) parazitlik qilishi oqiba- tida qo‘zg‘atilib, kasallik organizmning umumiy intoksikatsiyasi bilan xarakterlanadi. Qo‘zg‘atuvchisi. Jinsiy voyaga yetgan filometroideslar och qizil tusda bo‘lib, ayrim jinsli, urg‘ochilarning uzunligi 80—125 mm, 194 eni 0,8—1 mm, kutikulasi oq tusdagi so‘rg‘ichlar bilan qoplangan. Bosh tomoni konussimon shaklda, 4 ta tepachasi mavjud bo‘lib, ular orasida parazitning og‘iz teshigi joylashgan, undan og‘iz kap- sulasiga, kalta qizilo‘ngach va ichakka o‘tib tugaydi. Ichakning uchi berk holatda. Parazitning dum tomonida 4 ta jinsiy so‘rg‘ichi bor. Òana bo‘shlig‘i xaltasimon shakldagi bachadon bilan to‘lib turadi. Parazit tuxumlari ovalsimon shaklda — 0,032—0,042 mm. Òuxumdon uzunchoq-ovalsimon shaklda bo‘lib, tananing ol- dingi va orqa qismida joylashgan. Urg‘ochi nematodalar tirik li- chinka tug‘adi. Erkaklarning uzunligi 2,9—5,5 mm, eni esa 0,035— 0,046 mm. Suzgich pufagining devorida, kamroq esa buyrak va ichki yog‘da (jinsiy yog‘) parazitlik qiladi, oq tusda bo‘lib, ku- tikulasi silliq. Parazitning dum qismida kloaka joylashgan bo‘lib, undan 2 ta bir-biriga teng, uzunligi 1,17—0,25 mm keladigan spikula chiqib turadi. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling