Baliqchilik asoslari
Qo‘zg‘atuvchining biologik rivojlanishi
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Epizootologik ma’lumotlar.
Qo‘zg‘atuvchining biologik rivojlanishi. Parazit biogelmint,
oraliq xo‘jayin ishtirokida rivojlanadi, oraliq xo‘jayin vazifasini qisqichbaqa — sikloplar bajaradi. Jinsiy voyaga yetgan urg‘ochi nematodalar mushak to‘qimasida, teri tangachalari orasidagi kissachalarda joylashib olib bahorda, suv harorati 16—18 °C ga ko‘tarilganida tirik lichinka tug‘a boshlaydi va suv havzalarini zararlantiradi. Barcha lichinkalarni tug‘ib bo‘lgach, o‘ladi. Lichinkalari bigizsimon shaklda bo‘lib, uzunligi 0,3—0,5 mm. Suv havzalarida ular 8—10 kun davomida o‘zining hayotchanligini saqlab qoladi. Lichinkalarning kelgusidagi rivojlanishi qisqich- baqa organizmida kechadi. Qisqichbaqa, sikloplar lichinkalarni iste’mol qilganlarida, ularning organizmida lichinkalar ikki marta tullab (3—4 va 7—8-kunlari), 9—10-kunlarga kelib invazion bos- qichga yetadi. Baliqlar qisqichbaqalarni iste’mol qilganlarida filometroidoz kasalligiga chalinadilar. Ichakda qisqichbaqalar hazm bo‘lib, uning ichidan chiqqan lichinkalar ichak devorini teshib qorin bo‘shlig‘iga tushadi va ichki organlarga migratsiya qi- ladi, 13—15-kunlari uchinchi marotaba tullaydi, so‘ngra suzgich pufagining devoriga kirib oladi, 18—21-kunlari to‘rtinchi maro- taba tullaydi. 35—40-kunlarda kelib yosh urg‘ochi va erkak 195 nematodalar shakllanadi va urg‘ochi nematodalarning otalanishi kuzatiladi. Otalangan urg‘ochi nematodalar suzgich pufagidan mushak to‘qimasiga, teri tangachalardagi kissachalarga migratsiya qilib, kelgusi yili bahorgacha shu joyda qolib jinsiy voyaga yetadi. Urg‘ochi filometroideslarning to‘liq hayotiy davri 11—12 oy, erkaklari esa 13—14 oydan so‘ng yakunlanadi. Epizootologik ma’lumotlar. Kasallik karpchilik xo‘jaliklarida keng tarqalgan bo‘lib, ham hovuzli xo‘jaliklarda va ham tabiiy suv havzalarida qayd etilgan. Faqat zog‘orabaliq, sazan va ular- ning gibridlari kasallanadi. Chavoqlar 7—8 kunligidan zoo- planktonlar bilan oziqlanishga o‘tish vaqtidan boshlab zararla- nadi. Invaziyaning ekstensivligi va intensivligi may oyidan iyul oyigacha oshib boradi. Iyul oyining oxirida kelib invaziyaning ekstensivligi 80—90% ga yetib, har bir baliq organizmida 7—12 ta va undan ham ko‘p lichinkalar bo‘lishi mumkin. 2—3 haftalik chavoqlar orasida ommaviy ravishda o‘lim kuzatiladi. Ekstens va intensinvaziyaning eng yuqori bosqichi 2 va 3 yoshli baliqlarda namoyon bo‘ladi. Kuz va qish fasllarida zararlanish kuzatilmaydi. Yozda zararlangan baliqlar kelgusi yili bahorgacha qoladi. Invaziyaning manbayi — bu zararlanib qishlagan baliqlar, invaziyalangan qisqichbaqalar hisoblanadi. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling