Baliqchilik asoslari


Kasallikning klinik belgilari


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

Kasallikning klinik belgilari. Kostiylar baliqlarning terisida va
jabrasida parazitlik qilishi oqibatida epitelial hujayralarning kuchli
qichishi va yemirilishiga olib keladi, natijada kuchli shilliq mod-
dasi ajraladi. Baliqlarning tanasida dastlab ko‘rimsiz kulrang
dog‘lar paydo bo‘ladi, keyinchalik patologik jarayonning pro-
gressiv rivojlanishi oqibatida bu dog‘lar birlashib, bir-biriga
qo‘shilib, butun tanani qamrab oladi. Òerining ayrim qismlarida


204
nekroz paydo bo‘ladi, u yerda patogen mikrofloralar va parazit
zamburug‘lar kirib olishi va rivojlanishi natijasida patologik jarayon
yana ham chuqurlashadi. Qon quyilish kuzatiladi, so‘rg‘ich appa-
ratining ayrim joylari yemiriladi va parchalanadi, to‘kiladi, jabra
anemiya oqibatida oqqish tusda, shilliq bilan qoplangan, shilliq
moddalarning teri va jabra epiteliysi hujayrasida kuchayishi oqiba-
tida nafas olish va gaz almashinuvi buzilgan bo‘ladi, kasal baliqlar
suv oqimida yoki suvning yuzasiga to‘planadi, kislorod va havoni
ko‘proq yutishga urinadi, tashqi muhit taassurotlariga e’tibor
qilmaydi va kasallik baliqlarning nobud bo‘lishi bilan yakunla-
nadi. Kostiozda baliqlarning nobud bo‘lishi 95—97% gacha yetadi.
Òashxis epizootologik ma’lumotlar, klinik belgilar va shilliq
moddalarni mikroskopik tekshirish asosida qo‘yiladi. Agarda mik-
roskopning har bir ko‘rish maydonchasida kamida 10—15 dona
parazit topilsa, kostioz deb tashxis qo‘yiladi, 1—2 dona parazit
topilsa, yakunlovchi tashxis bo‘la olmasa-da, biroq qulay sharoit
tug‘ilganida parazitlar tezda ko‘payib, baliqlar hayoti uchun xavf
tug‘diradi.
Davolash, oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari. Davolashda
vanna usuli qo‘llaniladi. Yosh baliqlarni 1—2 % li osh tuzi
eritmasida 15—20 daqiqa davomida saqlab turish, formaldegid-
ning 1:4000 nisbatidagi eritmasida bir soat davomida ushlab
turish yaxshi samara beradi. Katta yoshdagi baliqlarni osh tu-
zining 5% li eritmasida 5 daqiqa ekspozitsiya qilinadi. Qishda
ishlatiladigan basseynlarda esa erkin xlor 0,5—1,0 mg/l dozada
30—50 daqiqa saqlab turish tavsiya etiladi.
Kasallikning oldini olish va qarshi kurashishda baliqchilik-
meliorativ, veterinariya-sanitariya va davolash tadbirlarini mun-
tazam ravishda olib borish yaxshi samara beradi. Yosh baliqlarni
o‘stiruvchi suv havzalarida ularning o‘sishi va rivojlanishi uchun
optimal sharoitni yaratish, ona baliqlar saqlovchi suv havza-
larining zoogigiyenik sharoitini yaxshilash, tashqi muhitda va
baliq tanasida parazitlarni yo‘qotishni amalga oshirish maqsadga
muvofiqdir. Zararlangan havzalarda baliqlarni ovlab bo‘lgach
so‘ndirilmagan ohak (25 s/ga) bilan dezinfeksiya qilinadi.


205

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling