Baliqchilik asoslari
Epizootologik ma’lumotlar
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasallikning klinik belgilari.
Epizootologik ma’lumotlar. Kasallikka barcha yoshdagi ba-
liqlar moyil. Ixtioftirioz yosh baliqlarda, 4—5 yoshdagi naslli baliqlar va katta yoshdagilarda o‘ta og‘ir ko‘rinishda kechadi. Kasallik manbayi — bu kasal baliqlardir. Shuning uchun baliq- larni tashishda juda ham ehtiyot bo‘lish talab etiladi. Pastlikda joylashgan hovuzlarning suvlari, undagi chirigan baliqlar qo‘z- g‘atuvchining tabiiy manbayi hisoblanadi. Ixtioftiriozning epizootik ko‘rinishi yilning barcha mavsum- larida, fasllarida kuzatiladi, biroq kasallik ko‘proq va o‘tkir oqimda bahor va yoz oylarida namoyon bo‘ladi. Yozgi o‘tkir oqishi, odatda, 1—3 hafta davom etib, zararlangan baliqlarning yuz foiz nobud bo‘lishi kuzatiladi, qishda esa kasallikning epizootik ko‘rinishi cho‘ziluvchan xarakterga ega bo‘lib, bir necha oylar davom etishi mumkin. Bunda baliqlarning o‘limi oshib boradi. Ixtioftiriozning to‘satdan paydo bo‘lishi yosh baliq o‘stiruvchi va qishlovchi hovuzlarda ancha xavflidir. Kasallikning klinik belgilari. Ixtioftiriuslar terining epitelial qobig‘i va biriktiruvchi to‘qima qatlamlari orasida parazitlik qilib, ularning yallig‘lanishiga olib keladi. Kasallikning boshlang‘ich davrida jabra to‘q qizil tusda bo‘ladi (qon tomirlarning qon bilan to‘lishi va qon quyilish sababli). Patologik jarayonning rivojla- nishi oqibatida esa jabraning bir qismi anemiya holatida bo‘lsa, ikkinchi qismi nekrozga uchraydi. Bu joylarda saprolegniya va saprofit mikrofloralar joylashib oladi. Kasal baliqlarning terisida mayda oqroq dermoidli tepaliklar (tugunaklar) hosil bo‘ladi. 207 Kuchli invaziyalanganida esa parazit ko‘zning shox pardasiga kirib oladi, bunda keratit rivojlanadi. Parazitlar hattoki og‘iz bo‘shlig‘ida ham joylashib olishi mumkin. Kasallikning boshlang‘ich davrida baliqlarda hech qanday o‘zgarish kuzatilmaydi, patologik jarayonning rivojlanishi oqi- batida esa baliqlar bezovtalana boshlaydi, garang, mastga o‘xshab qoladi, tezlik bilan suv ostidan suvning yuzasiga otilib chiqadi, suv ostidan loyqalarni qo‘zg‘atib tashlaydi, aylanma harakat qiladi, so‘ngra suv ostiga yotib oladi. Keyinchalik kuchli invaziyalangan baliqlarning faolligi yo‘qo- ladi, suv qirg‘oqlarida ushlanib qolib, tashqi taassurotlarga deyarli javob bermaydi. Baliq terisi shilinib, ajralib, baliqlar harakat- langanida ular orqasidan mayda lentaga o‘xshab ergashib boradi. Òashxis. Kasallikning klinik belgilari va patologik materialda katta miqdordagi parazitlarni topish asosida qo‘yiladi. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling