Baliqchilik asoslari
Epizootologik ma’lumotlar
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasallikning klinik belgilari va patogenezi.
- Kasallikning oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari
- Sinergaziloz
Epizootologik ma’lumotlar. Kasallik MDH va G‘arbiy Yev-
ropaning chuchuk suv havzalarida uchraydi. Quyidagi 50 turdan ortiq chuchuk suv baliqlari kasallikka chalinadilar: karp, ola- bug‘a, los, oq baliq, cho‘rtanbaliq va boshqalar. Ko‘proq pelagik baliqlar: lin, leshch, pelyad, dengiz gulmohi kabi baliqlar zararlanadi. Lin, pelyad va oq baliq turlaridagi baliqlarning o‘lish holatlari kuzatilgan. Zararlanish ko‘proq bahor-yoz fasllarida qisqichbaqalar rivojlangan paytda kuzatiladi. Bunda invaziyaning ekstensivligi 70—90% gacha, invaziyaning intensivligi bir necha o‘nlab ekzemplardan bir necha minglab ekzemplargacha yetishi mumkin. Invaziyaning manbayi qisqichbaqalarni tashuvchi ba- liqlar hisoblanadi. Lichinkalari rivojlanish davrida suv oqimi bilan pastki suv havzalariga oqib borib baliqlarni zararlaydi. Kasallikning klinik belgilari va patogenezi. Qisqichbaqalar baliq jabrasining bo‘lmalarida joylashib, oziqlanish jarayonida jabra bo‘lmalari butunligini buzadi, respirator qatlarini (taxlarini) 210 yirtadi, qon tomirlarni shikastlaydi. Natijada jabra to‘qimasining nekrozini keltirib chiqaradi. Zararlangan uchastkalarda patogen zamburug‘lar joylashib olib patologik jarayonni yanada chu- qurlashtiradi. Pelyadlarda ko‘proq boshida, ko‘z atrofida, ko‘krak suzgichlarining asosida, anal teshigi atrofida joylashib olib pa- razitlik qiladi. Zararlangan baliqlar oriqlanadi, o‘sish-rivojlanish- dan orqada qoladi. Kasal baliq toza suv oqayotgan joyda to‘pla- nishadi va asfiksiya belgilarining yaqqol namoyon bo‘lishi oqi- batida nobud bo‘ladi. Òashxis. Kasallikning klinik belgilari hamda jabra va boshqa organlardan olingan shilimshiq moddalar mikroskop ostida tek- shirilib, qisqichbaqalarni topish asosida qo‘yiladi. Kasallikning oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari sog‘- lom suv havzalariga qisqichbaqalarning kirib qolishining oldini olishga qaratilishi lozim. Suv havzasidagi baliqlar tekshiruvdan o‘tkaziladi. Zararlangan baliqlarni vannada xlorofosning 100 dan 400 mg/l konsentratsiyasida 2—3 soat ushlab turiladi (ekspo- zitsiya), hovuzlar esa preparatning 0,5 ml/l konsentratsiyasi bilan 7—8 kun davomida ishlov beriladi. Baliqlar ommaviy ravishda zararlansa, kuzda ular jadal ra- vishda ovlanadi. Baliqchilik xo‘jaliklarida qisqichbaqalar bilan zararlangan yovvoyi baliqlar kirib qolishining oldini olish maq- sadida suv tushadigan kanallarda baliq ushlovchi uskunalar va qumgraviyli filtrlarni o‘rnatish maqsadga muvofiqdir. Sinergaziloz — bu o‘txo‘r baliqlarning invazion kasalligi bo‘lib, uni Sinergasilus avlodiga mansub qisqichbaqalarning baliqlar jabrasida parazitlik qilishi oqibatida qo‘zg‘atilib, kasallik jabra to‘qimasining yallig‘lanishi va nekrozi, organizmning in- toksikatsiyasi bilan xarakterlanadi. Oq amur turidagi baliqlarda Sinergasilus major, oq va ola peshanado‘ng baliqlarda Sinergasilus lieni parazitlik qiladi. Bu har ikkala turdagi qisqichbaqalar o‘z xo‘jayinlariga nisbatan qat’iy spetsifik (o‘ziga xos) xususiyatga ega, faqat ko‘rsatilgan turdagi xo‘jayinlar organizmida parazitlik qi- ladi. Bu qisqichbaqalar Xitoydan iqlimlashtirish maqsadida kel- tirilgan baliqlar bilan birga kelgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling