Baliqchilik asoslari


Profilaktika va qarshi kurashish choralari


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

Profilaktika va qarshi kurashish choralari. Ixtioftirioz kasal-
ligi kelib chiqmasligining oldini olish uchun baliqchilik xo‘jalik-
larida veterinariya-sanitariya qoidalariga qat’iyan amal qilish,
kompleks baliqchilik-meliorativ tadbirlarni amalga oshirish
talab etiladi.
Nosog‘lom baliqchilik xo‘jaliklarida esa quyidagi tadbirlarni
o‘tkazish zarur:
a) ixtioftirioz bo‘yicha nosog‘lom suv havzalarining suvlari
oqizib tashlanadi, 8—10 kun davomida quritiladi. Hovuzning
oqizib bo‘lmaydigan joylari esa xlorli ohak (3—5 s/ga) bilan yoki
so‘ndirilmagan ohak (25 s/ga) bilan dezinfeksiyalanadi;
b) naslli baliqlar ikra qo‘yib bo‘lgach, birinchi sutka ichida
suv havzalaridan olinadi, lichinkalari esa boshqa o‘stiruvchi suv
havzalariga o‘tkaziladi (lichinkalar ikradan chiqqandan 5—6-
kunlariga), lichinkalar 60—70% zararlanganida va invaziyaning
intensivligi bir boshga 10 dona parazit bo‘lganida, ularni o‘sti-
ruvchi suv havzalariga o‘tkazish man etiladi, bunday chavoqlar
yo‘qotiladi;
d) kasal baliqlar tuzli vannada davolanadi. Buning uchun osh
tuzi va achchiq tuzlarni 3,5: 1,5 nisbatda olib 0,6—0,7% kon-


208
sentratsiyasi tayyorlanadi. Baliqlar vannada suvning harakatiga
bog‘liq holda 3—11 kun davomida saqlanadi. Davolash uchun
yashil brilliant va metilen ko‘ki preparatlarini ham ishlatish
mumkin.
Bu preparatlar hovuz suvlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri (bevosita)
0,1—0,2 mg/l hisobida eritiladi (nasl oluvchi suv havzalariga).
O‘stiruvchi suv havzalarida 0,5—0,7 mg/va qishlovchi hovuz-
larda 0,5—0,9 mg/l hisobida eritiladi. Bunda baliqlarning ushlab
turilishi (ekspozitsiyasi) va ishlov berish miqdori baliqlarning
yoshi va turiga, yilning mavsumiga, suvning tarkibi va sifatiga hamda
ixtioftiriuslar bilan zararlanish darajasiga bog‘liq;
e) baliq ovlashda ishlatiladigan inventar, asbob-uskunalar,
transportirovkadagi idishlar, maxsus kiyimlar kasal baliqlar bilan
ishlashdan so‘ng yaxshilab yuviladi va quritiladi;
f) ixtioftirioz bo‘yicha nosog‘lom bo‘lgan suv havzalariga
turli yoshdagi baliqlarni birgalikda saqlamaslik, kompleks ba-
liqchilik-meliorativ tadbirlarni yaratish, suvning gidrokimyo-
viy va gaz rejimini yaxshilash choralarini amalga oshirish maq-
sadga muvofiqdir.
Ergaziloz — chuchuk suv baliqlarining invazion kasalligi
bo‘lib, uni Ergasilus avlodiga mansub Ergasilus sieboldi va E.briani
qisqichbaqalar baliqlarning jabra bo‘lmalarida parazitlik qilishi
oqibatida qo‘zg‘atilib, kasallik jabra to‘qimasining yallig‘lanishi
va nekrozi, organizmning intoksikatsiyasi va ba’zan esa nobud
bo‘lishi bilan xarakterlanadi.

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling