Baliqchilik asoslari
Kasallikka qarshi kurashish va oldini olish tadbirlari
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
Kasallikka qarshi kurashish va oldini olish tadbirlari. Kasallik
chiqqanida suv havzalari yoki xo‘jalik nosog‘lom deb e’lon qi- linadi. Ushbu suv havzalari va xo‘jaliklardan boshqa xo‘jaliklarga urchitish, ko‘paytirish uchun baliqlarni olib ketish qat’iyan man etiladi. Xo‘jalik faqat tovarlik maqsadida o‘stiruvchi xo‘jalikka aylantiriladi. Agarda baliqlarni ko‘paytiruvchi xo‘jaliklarda fi- lometroidoz kasalligi kelib chiqsa, boqilayotgan yayrash hovuzlari bo‘lmasa, ushbu nosog‘lom bir yoshli baliqlarni xuddi shunga o‘xshash (analog) xo‘jaliklarga yoki yopiq tipdagi hovuzlarga o‘tkazilishiga ruxsat beriladi. Ushbu hovuzlarda yetishtirilayotgan, o‘stirilayotgan baliqlar kuzda tovar mahsuloti sifatida iste’molga chiqariladi. Qishda nosog‘lom hovuzlar suvsiz qoldiriladi. Bu esa kasallikning kelgusida tarqalishining oldini oladi. Kasallikni yo‘qotishda kompleks profilaktik va davolash tadbirlari o‘tkaziladi. Hovuzlarda qat’iy ravishda baliqlarni yoshiga qarab guruhga bo‘lingan holda o‘stiriladi, o‘stiruvchi va yayrovchi hovuzlardagi baliqlarni ovlab bo‘lgach suv havzasi quritiladi, suvlari oqmaydigan joylari dezinfeksiyalanadi va qishda suvsiz 198 qoldiriladi. Bosh va suv bilan ta’minlovchi hovuzlarga baliqlar (zog‘orabaliqlar) kiritilmaydi, bunday hovuzlarga faqat kasal- likka chalinmaydigan baliq turlari: lin, karas, nelyad, oq amur, peshanado‘ng va boshqa turdagi baliqlar o‘stiriladi. Invaziyalan- gan baliqlar tovarlik og‘irligiga yetguncha bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan hovuzlarning eng oxirgisida o‘stiriladi, bu bilan esa qo‘z- g‘atuvchilar kirib qolishining oldini olishga erishiladi. Nosog‘lom xo‘jaliklardagi naslli va yosh baliqlarni ditra- zinsitrat yoki loksuran bilan gelmintsizlantiriladi. Bunda preparatlar 0,3 g/kg dozada qorin bo‘shlig‘iga yuborish uchun 30% li suvli eritma shaklida va peroral yuborish uchun 0,4 g/kg dozada 40% li suvli eritma shaklida qo‘llaniladi. Ditrazin mos ravishda 20 va 30% eritma shaklida ishlatiladi. Preparatning davolovchi dozasi uning yuborish usuliga bog‘liq. Agarda og‘iz orqali yuborilsa, 0,3 g/kg doza, qorin bo‘shlig‘iga inyeksiya qilinsa 0,2 g/kg miq- dorni tashkil qiladi. Naslli va tuzatish guruhidagi baliqlarni yuqo- rida ko‘rsatilgan preparatlardan birontasi bilan 7—8 kun oralig‘ida bahorda suvning harorati 16—17 °C bo‘lganida va baliqlarning tu- xum (ikra) qo‘yishiga 2—3 hafta qolganida ikki marotaba gel- mintsizlantiriladi, kuzda esa suv harorati 15—16 °C bo‘lganida gelmintsizlantiriladi. Ona guruhidagi baliqlarni filometroidoz kasalligidan sog‘- lomlashtirish va oldini olish maqsadida biologik usul qo‘llaniladi. Bunda bahor faslida hovuzlarning suvlarini 3 yoki 4 marotaba almashtirish lozim. Bu quyidagicha amalga oshiriladi. Qishlovchi hovuzlardagi ona baliqlarni biroz yengillashtirib bo‘lgach, naslli baliqlarni jinsiga ajratib, tuxum (ikra) qo‘yilmaydigan hovuzlarga yoki bo‘shatilgan qishlovchi hovuzlarga, ularni kamroq suv bilan to‘ldirilib, o‘tkaziladi. Urg‘ochi va erkak baliqlar alohida saqlanadi. Bunday suv havzalaridagi suv bahorda 17—18 °C gacha tezroq isiydi, baliqlar organizmidagi urg‘ochi nematodalar tezroq jinsiy voyaga yetib, lichinka ajrata boshlaydi. Naslli baliqlarni ushbu suv hovuzlarida, lichinkalarni qisqichbaqalar organizmida invazion bosqichga etish muddatini inobatga olgan holda (8—10 kun), 5— 6 kungacha saqlanadi, so‘ngra hovuzdagi suv invaziyalangan 199 qisqichbaqalar bilan birgalikda oqizib yuboriladi va suv hovuzlari yangi toza suv bilan to‘ldiriladi. Zog‘orabaliqlarni nilverm qo‘- shib tayyorlangan granula shaklidagi davolovchi oziqa bilan gu- ruh bo‘lib gelmintsizlantirish usuli ishlab chiqilgan. Davolovchi oziqa kombikorm ishlab chiqaruvchi zavod miqyosida namlikka chidamli qilib tayyorlanmoqda. Davolovchi oziqaga nilverm pre- parati 0,5 g/kg miqdorda qo‘shiladi. Ana shunday oziqa 2—3 kun davomida baliqchilikda qabul qilingan me’yor bo‘yicha berib boriladi. Gelmintsizlantirishni bahor va yoz oylarda hamda avgust va sentabr oylarida lichinkalar bilan zararlanish ortib borayot- gan vaqtida, faqat suv harorati 20—22 °C dan past bo‘lmagan sharoitda o‘tkaziladi. Bundan tashqari, xo‘jalikka invaziyaning kirib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik tadbirlarini muntazam ravishda o‘tkazib borish zarur. Sharsharali qurilmalarda chegaralovchi uskunalar va qummayda toshchalardan filtrlar qo‘yiladi. Agarda xo‘jalik nosog‘lom bo‘lsa, bosh va suv bilan ta’minlovchi ho- vuzlarda baliqlarni o‘stirish, ko‘paytirish man etiladi. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling