Baliqchilik asoslari
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
Kasallik belgilari. Kasallik o‘tkir va surunkali oqimlarda ke-
chadi. Kasallikning o‘tkir oqimi 2—3 haftalik chavoqlar orasida bahor-yoz oylarida kuzatiladi. Chavoq organizmiga tushgan qo‘z- g‘atuvchining lichinkalari turli ichki organlarga migratsiya qiladi. Natijada jigar, suzgich pufagi, buyraklar va boshqa organlarning funksiyasi buziladi. Hali unchalik chidamli bo‘lmagan chavoq organizmi lichinkalarning ta’siriga ancha sezuvchan bo‘ladi. Ka- sallikning boshlang‘ich davrida baliqlarning harakat koordi- natsiyasining buzilishi xarakterlidir. Chavoqlar tez va tartibsiz aylanma harakat qiladi. Bunday harakat tartibsiz yonboshiga su- zish, suvdan otilib chiqish kabi harakatlar bilan almashib turadi. Yaqqol klinik belgilar bilan kasallikning kechishi 1—3 kun davom etib, chavoqlarning nobud bo‘lishi bilan yakunlanadi. 196 O‘lgan chavoqlarni yorib ko‘rilganda 7—12 filometroides lichinkalari topiladi, suzgich pufagining devori yorilib ketgan bo‘ladi. Ushbu yilgilarning nobud bo‘lishi 40—75% gacha yetib borishi mumkin. Agarda zararlangan baliqlar o‘lmay qolsa, kasallik uzoq davom etuvchi surunkali oqimga o‘tib oladi. Baliqlar oriqlanadi, hol- sizlangan harakat qiladi, jabrasi oqaradi (anemiya). Suv betiga ko‘proq suzib yuradi, ishtahasi pasayadi. Ikki va uch yoshli zog‘orabaliqlarda kasallik surunkali kechib, oriqlanish bilan xa- rakterlanadi. Lichinkalar teri tangachalaridagi kissachalarga kirib qolsa, tanada tugunchalar, shishlar, qizargan joylar paydo bo‘lib, tangachalarning to‘kilishi, xiralashuvi kuzatiladi. Parazitlar teri va qon tomirlarni jarohatlaydi. Ular parazitlik qilayotgan joylarda qonli dog‘lar hosil bo‘ladi. Òangachalarning pigmenti o‘zgaradi, mozaik (aralash-quralash) chiziqlar paydo bo‘ladi. Baliqlarning tashqi ko‘rinishi o‘zgarib, tovarlik qiymati yo‘qoladi. Zararlan- gan baliqlarning tana og‘irligi bir xil sharoitda o‘stirilayotgan sog‘- lom baliqlarga nisbatan 15—25 % kamayadi. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling