Baliqchilik asoslari


Kasallikka qarshi kurashish va oldini olish tadbirlari


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

Kasallikka qarshi kurashish va oldini olish tadbirlari. Davolash
usuli ishlab chiqilmagan. Kasallikning oldini olish maqsadida
zararlangan baliqlar ovlanadi, nosog‘lom xo‘jaliklardan sog‘lom
xo‘jaliklarga baliqlarni tashish chegaralanadi.
Kostioz — bu baliqlarning invazion kasalligi bo‘lib, tana terisi
ustida kulrang dog‘larning paydo bo‘lishi, jabrasining zararla-
nishi, suzgich qanotlarining ishdan chiqishi, yallig‘lanib to‘qima
hujayralarning nekrozi — yemirilishi bilan xarakterlanadi. Ka-
sallikka, asosan, yosh baliqlar moyil. Kasallik Sharqiy va G‘arbiy
Yevropa, Shimoliy Amerika, Xitoyda, Ukrainada va Rossiyaning
markaziy viloyatlarida qayd etilgan.
Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi — xivchinlilar tipiga
mansub Costia necatrix (Bodonidae oilasi) paraziti hisoblanadi.
Parazitning tana uzunligi 5—20 mkm, eni 2,5—10 mkm. Uning
qorin tomondan shakli ovalsimon yoki buyraksimon, oldingi
tomoni zichlashgan, tanasi sitoplazma, kichkina o‘zak va ikkita
qisqaruvchi vakuollardan iborat. Ikkita xivchini bor. Parazit shilliq
moddasi, teri va jabraning ajralgan epitelial hujayrasi bilan
oziqlanadi. Ikkiga bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. Noqulay sha-
roitga tushib qolganida sistaga aylanib bir necha vaqt o‘zining
hayotchanligini saqlab qolishi mumkin.
Epizootologik ma’lumotlar. Kostioz kasallik qo‘zg‘atuvchisi
tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, barcha suv havzalaridagi baliqlarda
uchraydi. Biroq kasallikning epizootiya va enzootiya ko‘rinishi tabiiy
suv havzalaridagi baliqlar orasida qayd etilmagan, daryo va


203
ko‘llardagi baliqlar invaziya manbayi va tabiatda rezervuari bo‘lib
xizmat qiladi. Kostioz bilan chuchuk suv havzalaridagi barcha
turdagi baliqlarning yoshlari kasallanishi mumkin, jumladan,
yarim o‘tuvchi baliqlar ham. Kasallikning epizootiya ko‘rinishi,
asosan, bahor va yozda baliq ikralari (urug‘lari) mavjud suv
havzalarida va baliqchilik zavodlarida, suvning harorati +16+25°C
bo‘lganida kuzatiladi. Bunday sharoitda parazitlarning rivojla-
nishi uchun qulay vaziyat vujudga keladi. Sog‘lom baliqlar kasal-
lari bilan aloqada bo‘lganlarida kasallikka chalinadi hamda
qo‘zg‘atuvchilar mavjud bo‘lgan suv havzalarida saqlanganda
zararlanadi. Kostiylarning sistalari katta yoshdagi baliqlarning
shilliqlarida ko‘p muddat davomida saqlanib qoladi hamda nam
tuproqda, hovuzlarning loyqalarida ancha muddat saqlanadi,
agarda suv bilan to‘ldirilsa, parazitlarning harakati faollashib,
baliqlarning zararlanishiga olib keladi. Baliqlar suv havzalarida
juda ham zich saqlanganda, boqilganda, kasallik qishda ham, suv
harorati 2—7 °C bo‘lganida ham kasallikka chalinadilar. Gul-
mohi turidagi baliqlarni o‘stiruvchi xo‘jaliklarda zararlanish baliq-
larni xom farshlar bilan oziqlantirilganda kuzatiladi. Bir suv
havzalaridan ikkinchisiga qo‘zg‘atuvchilar kasal baliqlarni tashish
natijasida yoki suv orqali keltiriladi. Kostiozning rivojlanishida
baliq organizmining fiziologik holati ham katta ahamiyatga ega.
Baliqlarning semizlik darajasi qanchalik past bo‘lsa, kasallik og‘ir,
va aksincha, semiz bo‘lsa yengil o‘tadi. Kostiylarning ko‘payishi
va kasallikning rivojlanishida ishqorli muhit (pH—5,0—5,5 dan
yuqori bo‘lmasa), gidrologik, gidrokimyoviy, gaz almashinuv
rejimi hamda zoogigiyenik sharoitlarning yomonlashuvi ham
qulay imkoniyat yaratadi.

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling