Baliqchilik asoslari


Epizootologik ma’lumotlar


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

Epizootologik ma’lumotlar. Kasallikka barcha yoshdagi ba-
liqlar moyil. Ixtioftirioz yosh baliqlarda, 4—5 yoshdagi naslli
baliqlar va katta yoshdagilarda o‘ta og‘ir ko‘rinishda kechadi.
Kasallik manbayi — bu kasal baliqlardir. Shuning uchun baliq-
larni tashishda juda ham ehtiyot bo‘lish talab etiladi. Pastlikda
joylashgan hovuzlarning suvlari, undagi chirigan baliqlar qo‘z-
g‘atuvchining tabiiy manbayi hisoblanadi.
Ixtioftiriozning epizootik ko‘rinishi yilning barcha mavsum-
larida, fasllarida kuzatiladi, biroq kasallik ko‘proq va o‘tkir oqimda
bahor va yoz oylarida namoyon bo‘ladi. Yozgi o‘tkir oqishi,
odatda, 1—3 hafta davom etib, zararlangan baliqlarning yuz foiz
nobud bo‘lishi kuzatiladi, qishda esa kasallikning epizootik
ko‘rinishi cho‘ziluvchan xarakterga ega bo‘lib, bir necha oylar
davom etishi mumkin. Bunda baliqlarning o‘limi oshib boradi.
Ixtioftiriozning to‘satdan paydo bo‘lishi yosh baliq o‘stiruvchi
va qishlovchi hovuzlarda ancha xavflidir.
Kasallikning klinik belgilari. Ixtioftiriuslar terining epitelial
qobig‘i va biriktiruvchi to‘qima qatlamlari orasida parazitlik qilib,
ularning yallig‘lanishiga olib keladi. Kasallikning boshlang‘ich
davrida jabra to‘q qizil tusda bo‘ladi (qon tomirlarning qon bilan
to‘lishi va qon quyilish sababli). Patologik jarayonning rivojla-
nishi oqibatida esa jabraning bir qismi anemiya holatida bo‘lsa,
ikkinchi qismi nekrozga uchraydi. Bu joylarda saprolegniya va
saprofit mikrofloralar joylashib oladi. Kasal baliqlarning terisida
mayda oqroq dermoidli tepaliklar (tugunaklar) hosil bo‘ladi.


207
Kuchli invaziyalanganida esa parazit ko‘zning shox pardasiga
kirib oladi, bunda keratit rivojlanadi. Parazitlar hattoki og‘iz
bo‘shlig‘ida ham joylashib olishi mumkin.
Kasallikning boshlang‘ich davrida baliqlarda hech qanday
o‘zgarish kuzatilmaydi, patologik jarayonning rivojlanishi oqi-
batida esa baliqlar bezovtalana boshlaydi, garang, mastga o‘xshab
qoladi, tezlik bilan suv ostidan suvning yuzasiga otilib chiqadi,
suv ostidan loyqalarni qo‘zg‘atib tashlaydi, aylanma harakat
qiladi, so‘ngra suv ostiga yotib oladi.
Keyinchalik kuchli invaziyalangan baliqlarning faolligi yo‘qo-
ladi, suv qirg‘oqlarida ushlanib qolib, tashqi taassurotlarga deyarli
javob bermaydi. Baliq terisi shilinib, ajralib, baliqlar harakat-
langanida ular orqasidan mayda lentaga o‘xshab ergashib boradi.
Òashxis. Kasallikning klinik belgilari va patologik materialda
katta miqdordagi parazitlarni topish asosida qo‘yiladi.

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling