Baliqchilik asoslari


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

Neoxinorinxoz — bu ham baliqlarning invazion kasalligi bo‘lib,
uni Neoechinorhynchidae oilasiga mansub, Neoechinorhynchus rutili
ning soy, anhor, ariqlardagi va daryolardagi gulmohi, so‘zanba-
liq, qorabaliq, osman, yelimbaliq, olabug‘a, xarius, sig va boshqa
turdagi baliqlarning ichagida parazitlik qilishi tufayli qo‘zg‘atilib,
kasallik shilliq pardalarning anemiyasi, o‘sish-rivojlanishdan or-
qada qolish, kuchli oriqlanish va baliqlarning nobud bo‘lishi bilan
xarakterlanadi.
Qo‘zg‘atuvchisi va uning biologik rivojlanishi. Neoechinorhynchus
rutini — bu mayda urchuqsimon shakldagi parazit bo‘lib, qorin
tomonga biroz qayrilgan. 3 qavat xitinli ilmoqchalar bilan qu-
rollangan mayda yumaloq xartumchasi bor. Erkaklarning tana
uzunligi 6 mm gacha, urg‘ochilari esa 10 mm gacha. Urg‘ochilari
uch qobiqli ovalsimon shakldagi tuxumlarni chiqaradi. Jinsiy
voyaga yetgan urg‘ochi gelmintlar baliq ichaklarida tuxum qo‘yadi.
Òuxumlar baliq ekskrementlari bilan suvga tushadi. Suvga tushgan
tuxumlarni oraliq xo‘jayinlari Ostracoda avlodiga mansub qis-
qichbaqalar, Sialis avlodiga mansub suyriqanotlilar va Nephelis


200
octoculata annelidlar iste’mol qiladi. Ularning organizmida pa-
razitning lichinkalari rivojlanadi. Baliqlar invaziyalangan oraliq
xo‘jayinlarini iste’mol qilganlarida neoxinorinxozga chalinadi.
Baliqlarning ichaklarida 3—4 haftadan so‘ng voyaga yetgan il-
moqboshlilar shakllanadi va urg‘ochilari yana tuxum qo‘ya bosh-
laydi. Òabiiy sharoitda invaziya ham asosiy xo‘jayinlari va ham oraliq
xo‘jayinlari organizmida uzoq muddat saqlanib turadi.
Epizootologik ma’lumotlar. Baliqlar may oyining oxiri va iyun
oyining boshlarida zararlanadi, lekin intensiv (jadal) zararlanish
iyul-avgust oylarida kuzatiladi. Invaziyaning ekstensivligi 60—
70% gacha yetib, intensivligi 320 nusxani tashkil qiladi. Kuzga
kelib invaziyaning ekstensivligi va intensivligi pasayadi. Neoxi-
norinxus tuxumlari suvda 5—6 oygacha saqlanib, oraliq xo‘ja-
yinlar uchun zararlanish manbayi bo‘lib qoladi.

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling