Baliqchilik asoslari


Qo‘zg‘atuvchining biologik rivojlanishi


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

Qo‘zg‘atuvchining biologik rivojlanishi. Parazit biogelmint,
oraliq xo‘jayin ishtirokida rivojlanadi, oraliq xo‘jayin vazifasini
qisqichbaqa — sikloplar bajaradi. Jinsiy voyaga yetgan urg‘ochi
nematodalar mushak to‘qimasida, teri tangachalari orasidagi
kissachalarda joylashib olib bahorda, suv harorati 16—18 °C ga
ko‘tarilganida tirik lichinka tug‘a boshlaydi va suv havzalarini
zararlantiradi. Barcha lichinkalarni tug‘ib bo‘lgach, o‘ladi.
Lichinkalari bigizsimon shaklda bo‘lib, uzunligi 0,3—0,5 mm.
Suv havzalarida ular 8—10 kun davomida o‘zining hayotchanligini
saqlab qoladi. Lichinkalarning kelgusidagi rivojlanishi qisqich-
baqa organizmida kechadi. Qisqichbaqa, sikloplar lichinkalarni
iste’mol qilganlarida, ularning organizmida lichinkalar ikki marta
tullab (3—4 va 7—8-kunlari), 9—10-kunlarga kelib invazion bos-
qichga yetadi. Baliqlar qisqichbaqalarni iste’mol qilganlarida
filometroidoz kasalligiga chalinadilar. Ichakda qisqichbaqalar
hazm bo‘lib, uning ichidan chiqqan lichinkalar ichak devorini
teshib qorin bo‘shlig‘iga tushadi va ichki organlarga migratsiya qi-
ladi, 13—15-kunlari uchinchi marotaba tullaydi, so‘ngra suzgich
pufagining devoriga kirib oladi, 18—21-kunlari to‘rtinchi maro-
taba tullaydi. 35—40-kunlarda kelib yosh urg‘ochi va erkak


195
nematodalar shakllanadi va urg‘ochi nematodalarning otalanishi
kuzatiladi. Otalangan urg‘ochi nematodalar suzgich pufagidan
mushak to‘qimasiga, teri tangachalardagi kissachalarga migratsiya
qilib, kelgusi yili bahorgacha shu joyda qolib jinsiy voyaga yetadi.
Urg‘ochi filometroideslarning to‘liq hayotiy davri 11—12 oy,
erkaklari esa 13—14 oydan so‘ng yakunlanadi.
Epizootologik ma’lumotlar. Kasallik karpchilik xo‘jaliklarida
keng tarqalgan bo‘lib, ham hovuzli xo‘jaliklarda va ham tabiiy
suv havzalarida qayd etilgan. Faqat zog‘orabaliq, sazan va ular-
ning gibridlari kasallanadi. Chavoqlar 7—8 kunligidan zoo-
planktonlar bilan oziqlanishga o‘tish vaqtidan boshlab zararla-
nadi. Invaziyaning ekstensivligi va intensivligi may oyidan iyul
oyigacha oshib boradi. Iyul oyining oxirida kelib invaziyaning
ekstensivligi 80—90% ga yetib, har bir baliq organizmida 7—12
ta va undan ham ko‘p lichinkalar bo‘lishi mumkin. 2—3 haftalik
chavoqlar orasida ommaviy ravishda o‘lim kuzatiladi.
Ekstens va intensinvaziyaning eng yuqori bosqichi 2 va 3 yoshli
baliqlarda namoyon bo‘ladi. Kuz va qish fasllarida zararlanish
kuzatilmaydi. Yozda zararlangan baliqlar kelgusi yili bahorgacha
qoladi.
Invaziyaning manbayi — bu zararlanib qishlagan baliqlar,
invaziyalangan qisqichbaqalar hisoblanadi.

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling