193
jarayoni izdan chiqadi, o‘t suyuqligi ovqat hazm qilish kanaliga
tushmasdan tana bo‘shlig‘iga to‘planadi. Lichinkalarning ta’sirida
ichak devori yupqalashadi va oziqani hazm qilish jarayoni izdan
chiqadi. Jinsiy bezlarning atrofiyasi kuzatiladi.
Patanatomik o‘zgarishlar. Kitlar rafidaskaridozida, ularning
ichaklari yallig‘langan, shilliq pardasida qon quyilgan, anemiya
holatida bo‘ladi. Zog‘orabaliq turidagi
baliqlarda jigar rangi
o‘zgargan,
qattiqlashgan, jinsiy bezlar (organlar)
atrofiyaga
uchragan, ichak devori yupqalashgan, ayrim paytlarda esa ichaklari
tiqilib qolgan holatda bo‘ladi.
Òashxis. Baliqlarni yorib ko‘rish asosida qo‘yiladi. Ichki or-
ganlarda lichinkalarini, kitlarning ichaklarida esa voyaga yetgan
parazitlarni topib tashxis qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: