Baliqchilik asoslari
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biologik rivojlanishi.
Qo‘zg‘atuvchisi. Jinsiy voyaga yetgan nematodalar oq yoki
oq-sarg‘ish tusda, erkaklarning uzunligi 18—19,5 mm, urg‘o- chilari esa 40—45 mm. Kutikulasi ko‘ndalangiga cho‘zilgan bo‘lib, tananing oldingi qismida bo‘yin qanotlarini hosil qilgan. Og‘iz teshigi 3 ta lablar bilan o‘ralgan, qizilo‘ngachi silindrsimon shaklda bo‘lib, orqa qismida ko‘r o‘simtani hosil qilgan. Erkak- larning ikkita bir-biriga teng spikulasi bor, ruleti esa yo‘q. Ur- g‘ochilarning vulva teshigi tananing oldingi qismida joylashgan. Lichinkalari bigizsimon shaklda, uzunligi 3—3,5 mm. Baliqlar ichagining devorlarida, charvisida, jigarida, qorin devorida va yog‘ bezida joylashib parazitlik qiladi. Biologik rivojlanishi. Qo‘zg‘atuvchi asosiy, oraliq va qo‘shimcha xo‘jayinlar ishtirokida rivojlanadi. Jinsiy voyaga yetgan nemato- dalar kitlarning ichagida parazitlik qilib, yumaloq yoki biroz ovalsimon shakldagi, hajmi 0,072—0,118 mm keladigan tuxum qo‘yadi. Òuxumlar tezak bilan suvga tushadi. Òuxumda lichinkalar hosil bo‘lib, ular ham tashqi muhitga, suvga chiqadi. Òuxumda lichinkalarning hosil bo‘lishi va tashqi muhitga chiqishi suvning 192 haroratiga bog‘liq. Bahor-yoz oylarida, suvning harorati +23+25 °C bo‘lganida lichinkalar 3—5 kunda rivojlanadi. Suvning harorati pasayganda esa bu ko‘rsatkich cho‘zilib 17—25 kunni tashkil qi- ladi. Oraliq xo‘jayinlari vazifasini umurtqasiz hayvonlar (qurtlar) bajaradi. Ular suv havzalarining tubida yashab tuxumda rivoj- lanayotgan lichinkalarni tuxum bilan birga yoki lichinkalarni iste’mol qilishadi. Lichinkalar umurtqasiz hayvonlarning tana bo‘shlig‘iga kirib, biroz vaqt o‘tgach invazion bosqichga yetadi. Qo‘shimcha xo‘jayinlari — zog‘orabaliq va boshqa turdagi ba- liqlar invaziyalangan umurtqasiz hayvonlarni alimentar ravishda iste’mol qilganlarida kasallikka chalinadi. Baliq ichaklariga tush- gan lichinkalar ichakning devoriga kirib, so‘ngra qon tomirga, undan esa charvi, jigar, qorin devori qatlamlariga va jinsiy organ bezlariga migratsiya qiladi. Lichinkalar kitlarning turli ichki or- ganlarida migratsiya qiladi, qolib ketganlari esa ichakning o‘zida jinsiy voyaga yetadi. Kitlar invaziyalangan zog‘orabaliq turidagi baliqlarni iste’mol qilganlarida, ularning ichaklarida 20—25 kunda lichinkalar jinsiy voyaga yetadi. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling