Mundarija kirish I bob. O‘zbekistonda chorva mollari gelmintlari, shu jumladan ularning jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlarning qiqacha o‘rganilish tarixi


Download 388.43 Kb.
bet1/13
Sana19.06.2023
Hajmi388.43 Kb.
#1623348
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
parazit (2)




MUNDARIJA
Kirish....................................................................................................................
I Bob. O‘zbekistonda chorva mollari gelmintlari, shu jumladan ularning jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlarning qiqacha o‘rganilish tarixi...........
1.2. O‘zbekistonda chorva mollari o‘pkasi va jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlarning sistematik holati..............................................................................
II Bob. O‘zbekistonda chorva mollari jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlarning biologik xususiyatlari, qo‘zg‘atadigan kasalliklari va ularni oldini olish choralari...................................................................................................................
2.1. Exinokokkning tuzilishi va biologik xususiyatlari............................................
2.2. Jigar qurtlarining tuzilishi va biologik xususiyatlari.........................................
2.3. Lansetsimon ikki so‘rg‘ichlisining tuzilishi va biologik xususiyatlari.............
Xulosa.....................................................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar................................................................................


KIRISH
Parazit chuvalchanglar - gelmintlar keltiradigan kasalliklar chorvachilik xo‘jaliklariga jiddiy zarar yetkazadi. Hayvon va odamlarni ana shu xavfli kasalliklardan saqlash tobora katta ahamiyat kasb etmoqda va profilaktika tadbirlari yetakchi o‘rinlardan birini egallamoqda. Gelmintlarga va ular qo‘zg‘atadigan kasalliklarga (gelmintozlarga) qarshi muayyan maqsadda kurash olib borish uchun avvalo shu invaziya qo‘zg‘atuvchilarining biologik xususiyatlari va tarqalishi haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish kerak.
Gelmintozlar odam va mollarining ayrim organlarinigina emas, balki butun organizmining kasalligidir.
Gelmint parazitlik qiladigan organ g‘oyat o‘zgaradi, hayvonning ishtahasi pasayadi, mollar ozadi va ularning mahsuldorligi kamayib ketadi. Gelmintozlar qo‘zg‘atuvchilari odam va hayvonlarning turli organlarida parazitlik qilib, ularning to‘qimalari va shiralari bilan oziqlanadi.
Gelmint yashaydigan (tekinxo‘rlik qiladigan) hayvon va odam uning uchun xo‘jayin hisoblanadi. Ammo gelmintning barcha tekinxo‘rlik ehtiyojlarini qondirish uchun unga bitta xo‘jayin kifoya qilmaydi. Shu boisdan yetuk gelmintlar “yashaydigan” xo‘jayin asosiy (definitiv) xo‘jayin, tuxum va lichinkalari “yashaydigan” organizmlar oraliq va qo‘shimcha xo‘jayinlar hisoblanib, ularda parazitlarning lichinkalari yashaydi. Oraliq va qo‘shimcha xo‘jayinlar ishtirokida rivojlanadigan parazitlar biogelmintlar deyiladi. Oraliq va qo‘shimcha xo‘jayinlarga muhtoj bo‘lmaydigan va lichinkalik davrida asosiy xo‘jayinga tushishdan oldin, aksariat hollarda tashqi muhitda (tuproq, suv va hokazolarda) rivojlanadiganlari esa geogelmintlar deyiladi. Chorva mollarning ayrim gelmintlari odamlarda ham tekinxo‘rlik qilishi mumkin. Oddiy fassiola, gigant fassiola, lansetsimon ikki so‘rg‘ichlisi, exinokokk, gongilonema, qoramol va cho‘chqa tasmasimonlari shular jumlasidandir. Hayvonlar gelmintlar bilan turli yo‘llar orqali zararlanadi. Hayvonlarning gelmintlar bilan zararlanishiga sabab bo‘ladigan omillar, chuchuk suv mollyuskalari bor hovuzlar yoki ko‘llar, suv yaqinidagi butazorlar, mol boqiladigan joylarda hasharotlarning ko‘payishi va mol qo‘ralarini vaqtida tozalab turmaslik, shuningdek, daydi it, mushuklar bilan birga bo‘lishdan iboratdir.
Parazit chuvalchanglar xalq xo‘jaligiga katta zarar yetkazib, ular chorva mollarda kasalliklar qo‘zg‘atadi, natijada ko‘pgina chorva mollari nobud bo‘lishi mumkin va ularning barcha turdagi mahsuldorligi pasayadi.
Respublikamizning ko‘pgina chorvachilik xo‘jaliklarida keng tarqalgan, uy va yovvoyi tuyoqli hayvonlarning mahsuldorligiga jiddiy zarar keltiradigan gelmintozlar qatoriga o‘pka nematodozlaridan diktiokaulyoz, protostrongilyoz, myullerioz, sistokaulyoz, spikulokaulyoz, metastrongilyoz; o‘pka va jigar sestodozlaridan – exinokokkoz va alveokokkoz hamda jigar va o‘t yo‘llari trematodozlaridan – fassiolyoz va dikrotselliozlar kiradi. Ushbu gelmintozlarga chalingan chorva mollari odatda oriqlab ketadi, barcha mahsuldorligi (go‘sht, sut, yog‘, jun, teri va boshqalar) kamayadi va sifati pasayadi. Bundan tashqari parazitlar mahsuldor hayvonlar o‘pka va jigarlari to‘qimalarini yemiradi, jigar o‘t yo‘llarini berkilib qolishiga olib keladi va o‘zlaridan chiqargan zararli va zaharli moddalari (turli toksinlar) hisobiga mahsuldor hayvonlar organizmini zaharlaydi, shu bilan bir qatorda turli yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi har xil mikroblarning chorva mollari organizmiga kirishiga yo‘l ochib beradi. Chorva mollar o‘pkasida va jigarida gelmintlarning uzoq vaqt parazitlik qilishi natijasida ularni toliqtirib, nimjon qilib qo‘yadi va bunday hayvonlar boshqa kasalliklarga tez va oson beriluvchan bo‘ladi.
Kurs ishining dolzarbligi. Chorvachilikning mahsuldorligini oshirish uchun chorva mollarida, shu jumladan, ularning jigarida uchraydigan har xil parazitar kasalliklarni qo‘zg‘atadigan turlarini Respkblikamizning turli mintaqalarida va hududlarida tarqalishini, biologik xususiyatlarini hamda ularni oldini olish choralarini o‘rganish lozim. Natijada chorva mollarining barcha mahsuldorligini oshiradi. Shunday ekan, Kurs ishi mavzusi dolzarb hisoblanadi.
Ushbu Kurs ishida Respublikamizda uzoq yillardan beri chorva mollari jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlar, ularning biologik xususiyatlari hamda qo‘zg‘atadigan kasalliklariga qarshi kurash choralarini o‘rgangan olimlar tomonidan chol etilgan ko‘plab ilmiy maqolalar, monografiyalar, ilmiy to‘plamlar hamda himoya qilingan dissertatsiyalar va avtoreferatlardagi ma’lumotlar chuqur tahlil qilingan. Malakaviy bitiruv ishda respublikamizda chorva mollarini, shu jumladan ularning jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlarning qisqacha o‘rganilish tarixi, gelmintlarning umumiy tuzilish tavsifi, tur tarkibi, keng tarqalgan va chorva mollariga katta ziyon keltiruvchi patogen turlarining biologik xususiyatlari, qo‘zg‘atadigan kaslliklari hamda ularning oldini olish choralari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu materiallardan o‘quvchi – talabalarga zoologiya va parazitologiya fanlaridan ayrim mavzular bo‘yicha dars o‘tganda qo‘shimcha ma’lumot sifatida foydalanish mumkin.

Download 388.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling