Mundarija kirish I bob. O‘zbekistonda chorva mollari gelmintlari, shu jumladan ularning jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlarning qiqacha o‘rganilish tarixi


-rasm. Fasciola hepaticaning nerv sistemasi va jinsiy organlarining tuzilishi: a) nerv sistemasi


Download 388.43 Kb.
bet9/13
Sana19.06.2023
Hajmi388.43 Kb.
#1623348
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
parazit (2)

3-rasm. Fasciola hepaticaning nerv sistemasi va jinsiy organlarining tuzilishi: a) nerv sistemasi: 1-xalqum oldi nerv tuguni; 2-qorin va yon nerv tomirlari; 3-komissuralar;
b) jinsiy organlari: 1-urug‘donlar; 2-sariqdon yo‘li; 3-laurer kanali; 4-ootip; 5-urug‘ qabul qilgich; 6-tuxumdon; 7-sirrus; 8-sirrus xaltasi; 9-sariqdon; 10-bachadon; 11-melis tanachasi; 12-urug‘ yo‘li; v) 1-urug‘donlar; 2-sariqdonlar; 3-laurer kanali; 4-ootip; 5-urug‘ qabul qiluvchi; 6-tuxumdon; 7-bezlar; 8-qo‘shilish organlarining xaltasi(sumkasi); 9-sariqdon bezlari; 10-bachadon; 11-melis tanachasi; 12-urug‘ yo‘llari

Voyaga yetgan fassiolalar ajratgan otalangan tuxumlar o‘t yo‘li orqali ichakka, undan esa tashqi muhitga tushadi. Suvga tushgan tuxumlarda 15-25° S haroratda 10-25 kun ichida parazitning birinchi avlod lichinkasi - kiprikli miratsidiy yetiladi va u tuxum qopqog‘ini ochib suvga chiqadi. O‘z hayotchanligini saqlab qolish va kelgusi lichinkalik taraqqiyotini davom ettirish uchun miratsidiy tegishli oraliq xo‘jayin - mollyuskalarning tanasiga faol holda yorib kiradi, uning jigarida kiprikchalarini yo‘qotib, ikkinchi avlod lichinka - xaltasimon sporotsistaga aylanadi(4-rasm).





4-rasm. Oddiy jigar qurti (Fasciola hepatica) ning taraqqiyoti: 1-jinsiy voyaga yetgan shakli (marita); 2-asosiy xo‘jayinlari; 3-tuxumi; 4-miratsidiy; 5-oraliq xo‘jayin-mollyuska; 6-sporotsista; 7-yosh rediya; 8-yetilgan rediya; 9-serkariya; 10-adoleskariya; 11-o‘tga yopishgan adoleskariyalar.

Sporotsistaning hujayralaridan partenogenetik yo‘l bilan fassiolalaning uchinchi avlod lichinkalari - rediylar paydo bo‘ladi. Aynan shu yo‘l orqali rediy hujayralaridan parazitning to‘rtinchi avlod lichinkalari - dumli serkariylar yetiladi. Mollyuska tanasida bunday lichinkalar 50-80 kun ichida paydo bo‘ladi. Yetilgan serkariylar oraliq xo‘jayin organizmidan suv muhitiga chiqib, dumi yordamida suza boshlaydi, bir necha minut ichida ular suvdagi o‘simliklarga yopishib, o‘zlaridan ajralgan maxsus bezlarning mahsuloti bilan tanasini qoplab, dum qismini yo‘qotadi va sistaga, ya’ni beshinchi avlod lichinka - adoleskariyga aylanadi. Zararlangan mollyuska bir sutkada yuzlab serkariy ajratishi mumkin. Adoleskariylar asosiy xo‘jayinlar uchun yuqumli bo‘lib, ular suvdagi o‘simlik tanasida, botqoq, yaylovlardan, ko‘llardan o‘rib olingan pichanlarda o‘z hayotchanligini 6 oygacha saqlashi mumkin. Hayvonlar bunday adoleskariylar yopishib qolgan o‘t va xashaklarni iste’mol qilish orqali fassiolyozni o‘zlariga yuqtiradi. Asosiy xo‘jayinining hazm qilish organlarida adoleskariylarning qobiklari eriydi, ulardan ajralib chiqqan lichinkalar esa ichak qon tomirlari yoki qorin bo‘shlig‘i orqali jigarga boradi va 2-3 oy davomida jigar to‘qimalarida parazitlik qilib, fassiolyozning o‘tkir oqimini qo‘zg‘atadi. Invaziya intensivligi yuqori bo‘lsa, undan barcha zararlangan qo‘ylar, hatto ko‘plab qoramollar 2-3 oy ichida nobud bo‘ladi.


Kasallikning o‘tkir oqimida o‘lmay qolgan hayvonlarda fassiolyoz asta-sekin surunkali oqimga o‘tadi. Jigar parenximalaridan uning o‘t yo‘llariga o‘tgan fassiolalar jinsiy voyaga yetadi va uzoq yillar (7-9 yil) yashaydi.
Fassiolyoz O‘zbekistonning barcha viloyatlarida uchrab, sug‘oriladigan, tog‘ oldi va tog‘ hududlarida hamda suv havzalari mavjud bo‘lgan yaylovlarda tarqalgan.
F.hepatica zoogeografik belgilari bo‘yicha kosmopolit tur hisoblanadi, shunga ko‘ra u barcha mamlakatlarda tarqalgan. Uning tur areali doirasida bir-biridan morfologik va biologik xususiyatlari bilan farq qiluvchi populyatsiyalari mavjud (yapon, amerika va avstraliya shakllari).
F.hepatica O‘zbekistonning Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tashqari barcha hududlarda tarqalgan. Uning invaziya ekstensivligi ko‘ylar orasida 4,7-100,0%, echkilarda 3,0-34,8%, qoramollarda 29,0-74,4%, otlarda 10,0-12,5%, cho‘chqalarda 0,9-1,5% atrofida qayd etilgan.
F.gigantica - kosmopolit emas, dunyoning faqatgina issiq iqlimli mamlakatlarida tarqalgan. Ushbu tur fassiola hozirgi paytda O‘zbekistonning barcha hududlarida uchraydi. U Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida fassiolyozning yagona qo‘zg‘atuvchisi hisoblanadi. Boshqa viloyatlarda esa F.hepatica bilan aralash holda uchraydi.
Fassiolyoz barcha yoshdagi qishloq xo‘jalik hayvonlarida parazitlik qiladi. Hayvonlarning kasallanishi bahor oylaridan boshlanadi, yoz va kuzda fassiolalar bilan zararlanish kuchayadi, qish oylarida ham davom etadi.
Fassiolyozning kechishi va uning klinik belgilari parazitlik qiladigan fassiolalar soniga, yoshiga, turiga, hayvonning fiziologik holatiga, saqlanish va oziqalanish sharoitiga bog‘liq.
Jigar to‘qimalarida parazitlik qiluvchi yosh fassiolalar undagi qon tomirlarini va to‘qimalarini buzadi, o‘sish jarayonida esa jigarda ko‘plab yaralar xosil qiladi, modda almashish mahsulotlari bilan organizmni zaharlaydi. Ko‘z shilliq pardalari oqaradi, qorin bo‘shlig‘iga ko‘p mikdorda qon zardobi yig‘ilishi natijasida hayvonning qorin qismi osila boshlaydi. Qorin qismini qo‘l bilan yuqoriga ko‘targanda, suyuqlik borligi seziladi. Hayvonning ishtahasi pasayib, sust harakat qila boshlaydi va fassiolyozning o‘tkir holda kechishidan hayvonlar to‘satdan nobud bo‘ladi.
Jinsiy voyaga yetgan fassiolalar jigar o‘t yo‘llarini yallig‘lantiradi, qon bilan oziqalanib, modda almashinish mahsulotlari bilan hayvon organizmini zaharlaydi, o‘t suyuqligini o‘t yo‘llarida va o‘t qopida yig‘ilishiga, kasallikning esa surunkali kechishiga olib keladi. Hayvonlarning ishtahasi pasayib, ozib ketadi, yosh mollarning o‘sishi sekinlashadi, sigirlarning sut mahsuloti kamayadi. Surunkali fassiolyozda qoramolar va qo‘ylarning jag‘ ostida, ko‘krak qismida shishlar paydo bo‘ladi. Ba’zan bola tashlash ham kuzatilishi mumkin.
Odamlar ham fassiolyoz bilan kasallanishi mumkin. Bunda odamlar tasodifan jigar qurtining ko‘zga ko‘rinmas lichinkalari (adoleskariylari) bor bo‘lgan hovuz, ko‘l va xalqob suvlarni ichganda yoki har xil suv o‘tlarini yuvmasdan iste’mol qilganda yuqtiradi. Masalan, Fransiyaning Lion shahri yaqinida 500 dan ortiq odam fassiolyoz kasalligi bilan og‘rigan. Olimlarning tekshirishicha bu odamlar botqoqlikda o‘sadigan krest —salat o‘tini iste’mol qilib, bu kasallikni o‘zlariga yuqtirganligi aniqlangan.
Respublikamizda 1928—1976 yillar mobaynida 40 dan ortiq odamlar fassiolyoz bilan og‘riganligi qayd qilingan. Umuman, odamlar bu kasallik bilan og‘rimasligi uchun, avvalo oqmaydigan suv havzalaridan suvni qaynatmasdan ichmasliklari, suv va botqoqliklarda o‘suvchi o‘tlarni yaxshilab yuvib iste’mol qilishlari kerak. Kasallangan odamlar albatta xloksil preparati bilan davolanishlari lozim.
Bu kasallik qo‘zg‘atuvchilari ko‘proq sersuv to‘qayzorlarda, chuchuk suvlari ko‘p bo‘lgan yaylovlarda keng tarqalgan. Ayniqsa, yaylovlarni almashtirmasdan kasal hayvonlarni bir joyning o‘zida uzoq vaqt davomida boqilsa fassiolyoz keng tarqaladi. Chunki kasal hayvon o‘z tezagi bilan uzluksiz parazit tuxumlarini chiqarib turadi. Umuman, fassiolyoz yer yuzida keng tarqalgan. Prof. N.V. Demidovning ma’lumotiga qaraganda MDH mamlakatlarida har yili chorva mollarining fassiolyoz kasalligidan nobud bo‘lishi natijasida 1500 — 2500 tonna go‘sht va bir million tonnadan ortiq sut mahsulotlari yo‘qotiladi.

Download 388.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling