Mundarija kirish I bob. O‘zbekistonda chorva mollari gelmintlari, shu jumladan ularning jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlarning qiqacha o‘rganilish tarixi
Download 388.43 Kb.
|
parazit (2)
F.gigantica qo‘zg‘atadigan fassiolyoz ancha og‘ir kechib, kasallangan hayvonlar orasida o‘lim yuqori darajani tashkil etadi. Kasallikning surunkali shaklini aniqlash uchun hayvonlarning to‘g‘ri ichagidan olingan tezak namunalari ketma-ket yuvish usuli va Demidov usullari bilan tekshiriladi. Fassiola tuxumlarini paramfistomatalar tuxumlaridan farq qilish kerak. Fassiola tuxumlari to‘q sariq rangda bo‘ladi, kulrang ko‘rinishga ega bo‘lgan paramfistomatalar tuxumlaridan yirikroq va biroz cho‘ziq bo‘ladi.
Chorva mollarni jigar qurtlari bilan kasallanganligini aniqlash uchun o‘lgan yoki endi so‘yilgan hayvonning jigarini oq kyuvetaga yoki kattaroq oq idishga solinadi, o‘t pufagini ham alohida idishga solib ichi yoriladi va ustiga suv quyib bir necha bor yuvilada hamda tindirilib usti to‘kiladi, cho‘kmadagi jigar qurtlari esa terib olinadi. Idishdagi jigarga ham suv quyib qaychi bilan o‘t yo‘llari bo‘ylab kesiladi, keyin qo‘l bilan idishdagi jigar maydalab eziladi va cho‘kma bir necha marta yuvilib, tiniq holga keltiriladi hamda Petri shisha idishga solib tekshiriladi jigar qurtlari terib olinadi. So‘ngra yig‘ilgan fassiolalarning turi, yoshi va soni aniqlanadi. Shunday qilib chorva mollarning jigaridan topilgan fassiolalar va jigardagi patologik o‘zgarishlarga asoslanib tashxis qo‘yiladi. Fassiolyoz bilan kasallangan chorva mollarini davolash uchun ularga fassiolalarni o‘ldiradigan va ularni hayvon tanasidan haydab chiqaradigan dorilar (antgelmintlar) beriladi. Bunday preparatlarga uglerod IV —xlorid, geksaxlor - paraksilol, filiksan, geksaxloretan, dertil "O", "B", faksoverm, politrem, disalon, bitionol, albendazol, fenbendazol, rolenol, ursovermit, faksoverm, geksixol, asemidofen, fazineks va boshqa preparatlar kiradi. Hayvonlarga fassiolyozni yuqtirmaslik uchun avvalo yaylov va suv manbalarida jigar qurti lichinkalarining tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, fassiola yuqishidan saqlash, tezaklarni zararsizlantirish, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini tartibga solish, botqoqliklarni quritish, fassiola lichinkalari bilan zararlangan mollyuskalarga qarshi mollyuskotsid preparatlari, ya’ni mis kuporosi (1:5000), 5,4-dixlorsalitsilanilidlar, ammiak selitrasi eritmasi bilan ishlash, yaylovlarni almashtirish va boshqa chora — tadbirlarni ko‘rish kerak. Fassiolyozning oldini olish uchun uyg‘unlashgan veterinariya-sanitariya tadbirlari o‘tkaziladi. Bu tadbirlar qo‘zg‘atuvchi biologiyasi va kasallik epizootologiyasi asosida olib boriladi. Bu tadbirlarning bosh bo‘g‘inlari: yaylovning gelmintologik holatini o‘rganish, rejali tekshirishlar olib borish, hayvonlarni gijjasizlantirish va go‘ngni zararsizlantirish iboratdir. Fassiolyoz bilan zararlangan hayvonlar uchraydigan xo‘jaliklarda yaylov va suv havzalari oraliq xo‘jayinlar - mollyuskalar bor - yo‘qligiga tekshiriladi, mollyuskalar miqdorini cheklash bo‘yicha tadbirlar o‘tkaziladi. Hayvonlar har 2 oyda yangi boqiladigan joylarga o‘tkaziladi. Bunday imkoniyat mavjud bo‘lmaganida, yaylov mavsum o‘rtalarida bir marta almashtiriladi (iyul oxiri va avgust boshlarida). Nosog‘lom hududlardan tayyorlangan pichanlar, ularni yig‘gandan 3-6 oy o‘tgandan keyin hayvonlarga yediriladi. Fassiolyoz bo‘yicha nosog‘lom xo‘jaliklarda mollyuskalar biotoplarini yo‘qotish bo‘yicha tadbirlar o‘tkaziladi. Mollyuska biotoplari mavjud yaylovlar mollyuskotsid preparatlari bilan ishlov beriladi. Bu maqsadda mis kuporos va 5,4 - dixlorsalitsilanilidlardan foydalaniladi. Mis kuporosi 1 m2 mollyuskalar biotopiga 2 g hisobida qo‘llaniladi. Kichik suv havzalariga (ko‘lmaklar, ariqlar) 0,2 g/l konsentratsiya miqdorida, oqib turuvchi ariq va sug‘oruvchi kanallar suvlariga 1 soatga 0,2-0,3 g/l miqdorida qo‘llaniladi. 5,4 - dixlorsalitsilanilid ko‘lmaklar, ariq suvlariga 1 g 1 m maydonga ishlatiladi. Hayvonlarni boqish uchun foydalaniladigan yaylovlarga mollyuskotsidlarning 0,01% li konsentratsiyasi 1 m2 maydonga 0,2 g hisobida purkaladi. Mollyuskalar biotoplariga mis kuporosi mollyuskalar ancha faol harakatda bo‘lgan vaqtda qo‘llaniladi. Mollyuskatsidlar bilan biotoplar bir yilda uch marta ishlanadi: birinchi marta aprel oyida, ikkinchi - iyul-avgust oylarida, uchinchi - sentabr oyida. Mollyuskatsid preparatlarini qo‘llanilganda, preparatning baliqchilik xo‘jaliklari suv havzalariga tushmasligi choralari kurilishi lozim. Melioratsiya yo‘li bilan yaylovlardagi zaxkash joylar quritiladi, xo‘jalik axamiyatiga ega bo‘lmagan suv havzalari, mayda sug‘orish kanallari va tashlandiq artezian quduqlari yo‘qotiladi. Fassiolalarning oraliq xo‘jayini keng tarqalgan ko‘llarda, suv qochirish kanallarida o‘rdak va g‘ozlarni saqlash va ko‘paytirish maqsadga muvofiqdir. Hayvonlar o‘rtasida kamida ikki marta profilaktik maqsadda gijjasizlantirish ishlarini o‘tkazish zarur: birinchi marta - bog‘lab boqishga o‘tkazishdan oldin, ikkinchisi - oradan 2-3 oydan o‘tgandan so‘ng. Yil bo‘yi yaylovlarda boqiladigan hayvonlar o‘rtasida gijjasizlantirish muddati gelmintozlarning o‘lka epizootologiyasini hisobga olgan holda mahalliy veterinariya organlari tomonidan belgilanadi. Uning samaradorligi hayvonlarga preparat berilgandan 20-30 kun o‘tgandan so‘ng gelmintoovoskopik tekshirish yo‘li bilan aniqlanadi. Hayvonlarni bog‘lab boqish fassiolyozning oldini olishda eng samarali usul hisoblanadi. Hayvonlarni bog‘lab boqishga o‘tkazilgandan keyin (dekabr-yanvar) gelmintokoprologik tekshirish o‘tkaziladi. Qoramollar boqiladigan binolar va qo‘y qo‘ralari hududida maxsus go‘ng saqlaydigan joylarning qurilishi va go‘ngning biotermik zararsizlantirilishi, fassiola tuxumlarining tashqi muhitga tarqalishining oldini olishda ishonchli vositadir. Fassiolalarning barcha taraqqiyot bosqichlari 6-7 oyni tashkil qiladi. O‘zbekiston sharoitida yuqorida ko‘rsatilgan trematodalarning tarqalishi, barcha biologik xususiyatlari professorlar Sh.A.Azimov., J.A.Azimov., B.S.Salimovlar tomonidan chuqur o‘rganilgan, fanga esa birmuncha yangiliklar kiritilgan va ularga qarshi kurashda ilmiy jihatdan asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Download 388.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling