Mundarija kirish I bob. O‘zbekistonda chorva mollari gelmintlari, shu jumladan ularning jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlarning qiqacha o‘rganilish tarixi


Download 388.43 Kb.
bet7/13
Sana19.06.2023
Hajmi388.43 Kb.
#1623348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
parazit (2)

1-rasm. Echinococcus granulosus (larvae)ning rivojlanish sikli sxemasi:
1-voyaga yetgan exinokokk; 2-oraliq xo‘jayinlar va ularning zararlangan organlari; 3-asosiy xo‘jayin; 4-parazit tuxumi
Exinokokk pufaklari bilan zararlangan organlarning hajmi kattalashib, shakllari o‘zgarib ketadi. Exinokokk pufaklari no‘xatdek, yong‘oqdek, olmadek, yosh bola boshiga teng keladiganlari va undan ham katta bo‘ladi. Masalan, exinokokk pufagi biian zararlangan sigir o‘pkasida og‘irligi 32 kg, jigarida esa 64 kg keladigan finna topilganligi va bunday finnadan 43 litrdan ortiq suyuqlik olinganligi fanga ma’lum. Bunday miqdordagi suyuqlik xo‘jayin organizmini albatta kuchli zaharlaydi. Demak, exinokokk pufagi, birinchidan, hajmining katta bo‘lishi, ikkinchidan, birinchi pufak ichida ko‘p miqdorda ikkinchi tartibdagi mayda pufakchalarning bo‘lishi va har qaysi pufakchaning ichida bir nechtadan bo‘lajak tasmasimon exinokokkning boshlari skolekslari bo‘lishi bilan boshqa tasmasimon chuvalchanglar finnasidan farq qiladi. Pufak va pufak ichidagi qiz pufakchalarda lichinkalarning soni 10 tadan 1000 tagacha bo‘ladi. Asosiy xo‘jayinlari exinokokk pufagi bilan zararlangan organlarni iste’mol qilishi natijasida ularning ichaklarida exinokokk pufakchalaridagi, skolekslardan jinsiy voyaga yetgan tasmasimon exinokokk hosil bo‘ladi.
Exinokokk asosiy xo‘jayini ichagiga tushgandan 70-100 kundan keyin jinsiy voyaga yetadi va tuxumlarini chiqaradi. Exinokokk qo‘zg‘atadigan kasallik exinokokkoz deb ataladi. Bu kasallik yer yuzida keng tarqalgan. MDH mamlakatlarida hamma respublikalar chorvachilik xo‘jaliklarida uchraydi va chorva mollariga hamda inson sog‘ligiga katta zarar yetkazadi. Imiy ma’lumotlarga qaraganda, exinokokk bilan kasallangan bir bosh qo‘ydan o‘rtacha 2,5 kg go‘sht, 300 g yog‘, 100 g jigar va 400 g o‘pka hamda jun mahsulotlari kam olinadi. Exinokokkning lichinkali (pufakli) shakli odamlarda ham ko‘plab uchraydi. Masalan, Urugvayda 10 yil mobaynida 3780 odam exinokokkoz bilan kasallangan. MDHda exinokokkoz Ukraina, Gruziya, Ozarbayjonda va O‘rta Osiyo mamlakatlarida odamlarda tez – tez uchrab turadi. Odamlarda exinokokkning pufakli shaklini faqat jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash yo‘li bilan davolanadi. Shuning uchun ham bu kasallikka qarshi kurashKurs ishining yagona choralaridan biri - profilaktika tadbirlari, ya’ni kasallikning kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Buning uchun daydi va qarovsiz itlarning sonini kamaytirish kerak. Chorvachilik xo‘jaliklardagi hamda ov itlarini muntazam ravishda degelmintizatsiya qilish, ya’ni gijjaga qarshi dorilar berib turish kerak. So‘yilgan mollarning exinokokk pufaklari bilan kasallangan organlarini itga bermasdan, yo‘qotish hamda zararsizlantirish lozim.
Odamlar aksariyat hollarda itlarga yaqinlashganda, ularni silaganda, boshqa go‘shtxo‘r hayvonlarni ovlaganda, terisini shilganda exinokokk tuxumini o‘zlariga yuqtirib oladi. Chunki itlarning va boshqa go‘shtxo‘r hayvonlarning junida ko‘plab exinokokk tuxumlari bo‘ladi. Shunday ekan, odamlar sanitariya-gigiena qoidalariga qattiq rioya qilishlari hamda itga ehtiyot bo‘lib muomala qilishlari kerak. Exinokokkozni aniqlash asosan immunologik usullar orqali olib boriladi. Bu kasallik rentgen usulida ham aniqlanadi.
To‘yimli oziq bilan boqilgan 2,5—3,5 yoshli cho‘chqalar, 3,5 yoshli qo‘ylar va 4 yoshdan oshgan qoramollar exinokokk bilan kasallanmaydi.
Exinokokk it, yovvoyi hayvonlarning axlati bilan yetilgan bo‘g‘imlar holatida tashqariga chiqib tarqaladi. Exinokokkning yetilgan bo‘g‘imlari aktiv harakat qila oladi. Harakat vaqtida bo‘g‘imdan tuxumlari chiqib, pichan va suvga tushadi. Ayrim bo‘g‘imlari hayvonning orqa chiqaruv teshigi atrofida qolishi ham mumkin. Bo‘g‘imlar hayvon tanasida o‘rmalab yurib, junda tuxumlarini koldiradi. Bo‘g‘imlar harakat qilganda hayvon badani qichiydi. Natijada hayvon orqa chiqaruv organini turli narsalarga ishqalaydi yoki tili bilan yalab, parazit tuxumlarini tumshug‘iga va atrofdagi narsalarga yuqtiradi.
Exinokokk tuxumi tashqi muhit ta’siriga juda chidamli bo‘lib, 0° S da 116 kungacha yashashi mumkin. U kimyoviy moddalariing ta’siriga ham chidamli, ammo yuqori temperaturada (50° S da, 1 soatda) tez halok bo‘ladi.
Odam it bilai doimiy munosabatda bo‘lib turgani uchun exinokokk bilan ko‘p zararlanadi. Ayniqsa, Yevropaning shimolida joylashgan davlatlarda, Avstraliya va Lotin Amerikasida bunday hollar ko‘p uchraydi. Qishloqlarda daydib yuradigai egasiz itlar ko‘p bo‘ladi. Qishloq aholisi veterinariya vrachi ruxsatisiz uyda mol so‘yadilar va exinokokk pufagi bilan zararlangan jigar, o‘pka va boshaqa organlarini itlarga beradi. Iatijada ularning ichak exinokokkozi bilan takror zararlanishi sodir bo‘ladi. Qishloqlardagi egasiz daydib yuradigan itlar yo‘qotilmasa, otardagi qo‘riqchi-va ovchi itlar gelmintsizlantirilmasa, chorva mollar vaqt-vaqtida veterinariya nazoratidan o‘tkazilmasa, qushxona va mol so‘yadigan korxonalarda brak qilinganlarining chiqitga chiqarilishi yaxshi tashkil etilmasa exinokokkoz kasalligi juda keng tarqaladi.
O‘zbekistonniig ko‘plab qishloq va shaharlirida itlar ichak exinokokkozi bilan kasallanganligi aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, shahardagi itlarni ichak exinokokkozi bilan zararlaydigan manba mol so‘yadigan korxonalar hisoblanadi. U yerda so‘yilgan mollarning o‘pka va jigari veterinariya mutaxassisi ruxsatisiz savdo muassasalariga yuborilishidir.
Respublikada chorva mollari ayrim turlarining exinokokkoz bilan umumiy zararlanishi tahlil qilinganda qoramollar – 34% gacha, qo‘y va echkilar – 93% gacha, cho‘chqalar – 88% gacha va tuyalar – 50% gacha zararlanishi mumkinligi aniqlandi.
Exinokokk pufaklari asosan jigar bilan o‘pkada rivojlanib, to‘qimalarni atrofiyaga uchratib, funksiyasini buzadi. Exinokokk pufagi bilap og‘ir shikastlangan organ to‘liq atrofiyalanib, hayvonning o‘lishiga sabab bo‘ladi. Jigar exinokokkozi bilan og‘ir shikastlanishi natijasida o‘t ishlab chiqarish qobiliyati buziladi. Shuningdek, exinokokkoz bilan ka-sallangan hayvonlarda ovqat hazm qilish jarayoni buziladi. Jigarning haddan tashqari kattalashib ketishi, diafragmaning harakatini chegaralaydi; qizilo‘ngach va jigar venasini siqadi. Pufaklar ko‘p va katta bo‘lsa mol ozib ketadi, mahsuldorligi kamayadi, exinokokk pufaklari joy-lashgan to‘kimalar atrofiyalanadi va organning normal funksiyasi buzi-ladi.
Mol o‘pkasi exinokokk pufagi bilan shikastlansa harakat qilganda uniig nafas olishi qiyinlashadi, surunkali, quruq va yengil yo‘talib turadi. Nafas olishi sekin-asta og‘irlashadi. Ayrim vaqtlarda exinokokk pufaklari yorilib, hayvonning umumiy ahvoli og‘irlashadi, holdan ketadi, havo yetishmay natijada halok bo‘ladi.
Jigar exinokokk pufaklari bilan shikastlaisa organizmda moddalar almashinuvi, to‘qimalarning oziq bilan ta’minlanishi buziladi. Jigarning anatomik tuzilishi o‘zgarib, fiziologik funksiyasining buzilishi natijasida hayvon juda ozib ketadi. Sigirlar sekin va kam kav-shaydi, ichi tez-tez damlanib turadi. Jigar juda kattalashib ketsa, hayvon qornining o‘ng tomoni kattalashadi. Bu kasallik qoramollarga nisbatan qo‘ylarda og‘ir kechadi. Exinokokk pufagi bilan intensiv zararlangan qo‘y oriqlaydi, junlari hurpayib tez-tez to‘kilib turadi. Kasallangan qo‘yda o‘ziga xos yo‘tal paydo bo‘lib, qo‘ylar yo‘talish zarbidan yerga yotib oladi.
Chorva mollarni exinokokk bilan zararlanganligini aniqlash uchun o‘lgan yoki endi so‘yilgan molninig o‘pka va jigari gelmintologik tekshiriladi, ya’ni o‘pka va jigardagi mayda hamda yirik ichi suyuqlik bilan to‘lgan pufakchalar bo‘lsa, demak ushbu hayvon exinokokk lichinkasi bilan kasallangan hisoblanadi.
Itlarda (ichak exinokokkozi) exikokokkoz kasalining belgilari yetarli o‘rganilmagan, tajribada ko‘p exinokokk bilan zararlangan itning qorni kattalashadi, ishtahasi pasayadi va ayrim vaqtlarda 1,5—2 oydai keyin kasallangan it halok bo‘ladi. Bunday itlar o‘ligi yorib ko‘rilgaida, uning ingichka ichaklarida ko‘p miqdorda voyaga yetgan exinokokk borligi aniqlanagan.
Exinokokkozning pufakli shaklini davolash usuli hozircha to‘liq ishlab chiqilmagan. Odamlar jarrohlik yo‘l bilan davolanadi.
Exinokokkozga qarshi kurashish va oldini olish tadbirlari muntazam reja asosida barcha xo‘jaliklarda bir vaqtda amalga oshirilmog‘i lozim. Bu choralar birinchidan, daydi itlarni, bo‘ri va tulkilarni yo‘qotish; ikkinchidan, xo‘jalikdagi qo‘riqlovchi va ov itlari hamda boqilayotgan tulkilardagi exinokokk gelmintlarini yo‘qotish va uchinchidan, so‘yilgan mollarning exinokokk pufaklari bilan zararlangan organ va to‘qimalarini yo‘qotish yoki yuqumsizlantirishdan iborat. Buning uchun hamma daydi itlarni yo‘qotish uchun maxsus brigadalar tuziladi; bo‘ri, tulki va boshqa exinokokk tashuvchi yirtqichlarni yo‘q qilish maqsadida ovchilar bilan shartnoma tuziladi va yirtqichlar otib tashlanadi. Turli xo‘jaliklarda mol qo‘riqlaydigan itlar ro‘yxatga olinadi. Chorvachilik xo‘jaliklarida, har qaysi otarda ko‘pi bilan ikkita qo‘riqchi it asrash tavsiya etiladi. Hisobga olingan itlarni podalarga, fermalarga, yem-xashak saqlanadigan joylarga va mol so‘yiladigan maydonlarga, punktlarga qo‘yish man etiladi. Turli xizmatlarda foydalaniladigai uch oylik bo‘lgan itlarning hammasini res-publika, o‘lka yoki viloyat boshqarmalari (bo‘limlari) belgilagan mud-datlarda yiliga to‘rt marta gelmintsizlantirish lozim. Podani kuzatuvchi itlar esa yiliga sakkiz marta gelmintsizlantiriladi. Itlarni gelmintsizlantirish ishlari itlarni tayyorlash, tayyorlangan itlarga antgelmintik dorilarni berishdan iborat.
Itlarni gelmintsizlantirishga tayyorlash uchun xo‘jalik rahbarlari bilan kelishgan holda alohida joy ajratiladi. Ajratilgan maydon o‘t va cho‘plardan tozalanib tekislanadi. Hisobga olingan itlarni bog‘laydigan halqa, zanjir va qoziqlar tayyorlanadi. Itlarni tayyorlangan maydonda olib qolish vaqti xo‘jaliklardagi hamma xonadonlarga xabar qilinadi. To‘plangan itlarini 18—24 soat och qoldirish; teri ostiga karboxolin yuborish yoki itni och qoldirmasdan, oradan olti soat vaqt o‘tkazib, ikki marta arekolin ichirish yo‘li bilan ichaklarini axlatdai tozalab, gelmintsizlantirishga tayyorlanadi. Tayyorlangan itlarni gelmintsizlash uchun arekolin vodorod bromidi, filiksan, bitionol, disalan, dronsit, erkak paporotnik ekstrakti, fenasal kabi dorilar ishlatiladi. Bulardan eng yaxshi natija beradiganlari arekolin vodorod bromidi bilan fenasaldir.
Har bir it axlati ko‘zdan kechirilib gel’mintning bo‘g‘imlari yoki tasmasimon shakli topilmasa, itlar egalariga qaytib beriladi, agarda it axlatida exinokokk bo‘g‘imlari yoki tasmasimon shakli topilsa, bunday itlarga oradan 6 soat o‘tgach arekolinning yuqoridagi dozasi ikkinchi marta beriladi. Nihoyat, uchinchi etap, ya’ni dori berilgandan so‘ng itlar 12 — 24 soat davomida bog‘lab qo‘yiladi va shundan keyin egalariga qaytariladi. Itning tagiga solingan to‘shama va axlat bilan birga chiqqan parazitlar kuydiriladi, katak hamda boshqa asbob-uskunalar mexanik ravishda tozalanib, qismlari propan-butan alangasi yoki qaynoq suv bilan yuviladi, bunday shaxsiy gigiena qoidalariga qat’iy amal qilinadi.
Fenasal itlarga 0,1 g hisobida un yoki go‘shtdan tayyorlangan holda beriladi. Itlar och saqlanmaydi, ammo davolash vaqtida 5-7 soat boylab qo‘yiladi.
Exinokokk pufaklari bilan shikastlangan molning organ va to‘qimalarini yo‘qotish yoki yuqumsizlantirish yo‘li bilan it, bo‘ri, tulki va boshqa yirtqichlarning exinokokkoz bilan kasallanishining oldini olib, oraliq xo‘jayinlari bo‘lmish — chorva mollari va odamlarni exinokokkoz kasalligidan saqlagan bo‘lamiz.
Shu maqsadda har bir chorvachilik xo‘jaliklarida mol so‘yadigan va o‘lik mollarni yorish uchun alohida maydon ajratilishi, shuningdek mol o‘ligi ko‘miladigan alohida chuqurlar qazilishi lozim. Mol o‘ligini kuydirish uchun chuqurligi 4 m dan kam bo‘lmagan, ustki tomonidan qopqoq bilan berkiladixan o‘ralardan foydalanish mumkin. Umuman chorva mollarini poda ichida so‘yish man etiladi. Dalada majburiy so‘yilgan mol tezlik bilai veterinariya punkti va uchastkalariga yetkazilib, u yerda yorilishi kerak. Uyda mol so‘yuvchilar bilan keskin kurashib, chorva mollari faqatgina mol so‘yish maydoni, punktlari va qushxonalarda so‘yilishi kerak. Bunday joylarda zararlangan organlar yo‘qotiladi yoki pishirib zararsizlantiriladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan kurash va oldini olish tadbirlarini aholi orasida targ‘ib qilish, chorvadorlar bilan doimiy suhbat o‘tkazib turish kerak. Ayniqsa mollarni (it, qo‘y, echkilarni) yorib ko‘rganda ichidan chiqkan gelmintlar ko‘rsatiladi, ulariing rivojlanish sikllari tushuntiriladi; shaxsiy gigienani esdan chiqarmaslik, tulki va boshqa yirtqichlarni ov qilayotganda, tulki, bo‘rilarni yorayotganda ehtiyot bo‘lish, hayvon turgan joyni tozalagandan so‘ng qo‘llarni yaxshilab yuvish; hayvon axlati uchun ishlatiladigan belkurak va idishlarni qaynoq suv bilan yuvKurs ishining ahamiyatini tushuntirish exinokokkoz bilan kurashishni birmuncha yengillashtiradi.



Download 388.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling