Mundarija kirish I bob. O‘zbekistonda chorva mollari gelmintlari, shu jumladan ularning jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlarning qiqacha o‘rganilish tarixi


O‘zbekistonda chorva mollari jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlarning sistematik holati


Download 388.43 Kb.
bet4/13
Sana19.06.2023
Hajmi388.43 Kb.
#1623348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
parazit (2)

1.2. O‘zbekistonda chorva mollari jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlarning sistematik holati
Ushbu bobda uzoq yillar davomida O‘zbekistonda tuyoqli hayvonlarning o‘pka va jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlar va ularning biolgik xususiyatlarini hamda qarshi kurash choralari bo‘yicha ijod qilgan ko‘plab olimlar tomonidan chop etilgan monografiyalar, ilmiy risolalar, to‘plamlar va maqolalar chuqur tahlil qilindi. Tahlilimizning ko‘rsatishicha Respublikamizning turli mintaqalarida chorva mollarning turli organlarida 200 dan ortiq tur gelmintlar parazitlik qilishligi va shulardan tasmasimon chuvalchanglar sinfiga kiruvchi 1 ta Echinococcus granulosus (larvae) turi chorva mollarning jigarida, so‘rg‘ichlilar sinfiga kiruvchi 4 ta turlari - Fasciola hepatica, F. gigantica, F. indica, Dicrocoelium dendriticum chorva mollarning jigari va o‘t yo‘llarida hamda nematodalar sinfiga kiruvchi 22 ta turlari - Dictyocaulus filarial, D. viviparus, D. cameli, D. khawi, D. arnfieldi, Metastrongylus elongates, M. pudendotectus, Protostrongylus davtiani, P. hobmaieri, P. raillieti, P. rufescens, P. skrjabini, P. caprae, Spiculocaulus kwongi, S. leuckarti, S. orloffi, S. austriacus, Muellerius capillaries, Cystocaulus ocreatus, C. vsevolodovi, Neostrongylus linearis, Varestrongylus pneumonicus chorva mollarning o‘pkasida parazitlik qilishligi aniqlandi.
Respublikamizda chorva mollarning jigarida parazitlik qiluvchi 27 ta tur gelmintlardan 20 ta turi echkilarda, 19 ta turi qo‘ylarda, 7 ta turi cho‘chqalarda, 6 tadan turlari qoramol va tuyalarda hamda 5 tadan turlari ot va eshaklarda parazitlik qiladi va ularga jiddiy zarar yetkazadi (1-jadval).

1-Jadval
O‘zbekistonda chorva mollar jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlarning sistematik holati






Download 388.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling